date
views 68

Isroil TIV rahbari: “Trampning Oq uyga qaytishi biz uchun yangi imkoniyatlar yaratadi”

Isroil TIV rahbari: “Trampning Oq uyga qaytishi biz uchun yangi imkoniyatlar yaratadi”
Foto: “Report.az”
Isroil Donald Trampning 2025 yilda AQSH prezidentligiga qaytishi yahudiy davlati uchun yangi imkoniyatlar ochishiga umid qilmoqda. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar parlamentning tashqi ishlar va mudofaa bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qilgan.

2025 yil qiyin yil bo‘ladi, lekin ayni paytda AQSHda saylangan prezident Donald Tramp boshchiligidagi yangi ma’muriyat bilan ajoyib imkoniyatlar yili bo‘ladi”, dedi Saar.

Vazir Trampning AQSHda hokimiyatga qaytishiga munosabati optimistik ekanligini ta’kidladi.

Bu hamma narsa bo‘yicha kelishuvga erishiladi va boshqa munozaralar bo‘lmaydi, degani emas, lekin Trampning qaytishi, albatta, optimizm uchun asos beradi”, dedi Isroil TIV rahbari.

Donald Tramp 2025 yilning 20 yanvarida AQSH prezidenti lavozimiga kirishadi.

Avvalroq Tramp o‘z administratsiyasida ashaddiy isroilparastlar bo‘lishini xohlayotgani xabar qilingandi.

Foto: RBK
Tramp AQSH prezidenti sifatidagi birinchi muddatida Isroilni Eron tahdididan himoya qilishda yordam berishini qayta-qayta e’lon qilgandi. U bosib olingan Golan tepaliklari ustidan Isroil suverenitetini tan oldi, AQSH elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirdi va bir qator arab davlatlari bilan Isroilning munosabatlarini normallashtirgan kelishuvlarga ko‘maklashdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil TIV rahbari: “Trampning Oq uyga qaytishi biz uchun yangi imkoniyatlar yaratadi”