
17 oktyabr kuni Xitoy o‘zining eng uzoq davom etuvchi samo sayohati uchun o‘z raketasini kosmosga jo‘natdi. Xitoy bu kosmik dasturni tinchlik maqsadida amalga oshirayotganligini bildirgan.
“Shenchjou 11” kosmik kemasining samoga uchirilish jarayoni mahalliy telekanallardan biri tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali namoyish etildi. Kosmik kema Gansu provinsiyasidagi “Szyusyuan” kosmodromidan “Long march 2” raketa tashuvchi yordamida samoga uchirildi. 1 oy davomida ekipaj “Tyangun 2” kosmik laboratoriyasida bo‘ladi.
Kosmik kema ekipaji ikki kosmonavtdan iborat. Ular 50 yoshli komandir Szin Xaypen va Chen Dun. Bu parvoz Szin Xaypen uchun uchinchi sayohat bo‘lib, u o‘zining 50 yoshini aynan fazoda qarshi oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar