AQSh aholisi 2024 yilda deyarli 1 foizga oʻsdi, bu 2021 yildan beri eng tez sur'atdir. Bu haqda AQSh aholini roʻyxatga olish byurosi xabar berdi.
Bu yil mamlakat aholisi 340 million kishidan oshdi. An'anaviy ravishda janubiy shtatlar eng sezilarli oʻsishni koʻrsatdi - 1,8 million kishi. Shu jumladan Texasda aholi taxminan 563 ming kishiga, Floridada 467 ming kishiga oʻsdi.
Kolumbiya okrugi foiz nisbatida eng sezilarli oʻsish sur'atini koʻrsatdi - 2,2%.
Mamlakatga immigrantlarning sof oqimi deyarli 2,8 millionni tashkil etdi. Bu yuqori koʻrsatkich qisman hisob-kitob metodologiyasining oʻzgarishi bilan bogʻliq (hozir u AQShga gumanitar sabablarga koʻra qabul qilingan shaxslarni ham oʻz ichiga oladi).
Shu bilan birga, immigratsiya 16 shtatda aholi sonining oʻsishini toʻliq ta'minladi, u yoʻq boʻlganda pasayish yuz berishi mumkin edi, deya Brukings instituti demografi Uilyam Freydan iqtibos keltiradi Accosiated Press.
Uch shtat - Missisipi, Vermont va Gʻarbiy Virjiniyada ozgina boʻlsa-da, aholi soni kamaygan.
2024 yilda Qoʻshma Shtatlarda yangi tugʻilgan chaqaloqlar soni oʻlimlar sonidan deyarli 519 mingga oshdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rim papasi Rossiya va Ukrainani qurollarini tashlashga chaqirdi
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Husiylar hujumi Misrga 7 mlrd dollar zarar keltirdi
Putin MDH etakchilari bilan uchrashuvda qanday fikrlar bildirdi?
Netanyaxuning rafiqasi guvohlarni ta'qib qilishda ayblanmoqda
Muhammad Salohning qaysi harakati uchun misrliklarning tanqidlari "yomgʻiri yogʻildi"...?
Messining oʻyinidagi qaysi jihat Yamalni hayron qoldirgan?
Abbosbek Fayzullaev: “Jirona”ni tanlayman...