Georgiy Tixiy: “Ukraina ikkinchi tinchlik sammiti uchun hamma narsani tayyorlab qoʻydi”

1 daqiqa o'qish153
Georgiy Tixiy: “Ukraina ikkinchi tinchlik sammiti uchun hamma narsani tayyorlab qoʻydi”
Foto: My.ua
Ukraina ikkinchi tinchlik sammiti uchun hamma narsani tayyorladi, biroq bu tadbir samarali oʻtishi uchun harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi spikeri Georgiy Tixiy brifingda ma'lum qildi.

“Hozirda juda keng koʻlamli, tarixiy jarayonlar sodir boʻlmoqda. AQShda yangi ma'muriyat ish boshlash arafasida. Tinchlik formulasi urushni adolatli tugatish haqidagi Ukraina qarashlarining asosi boʻlib qolmoqda. Ukraina ikkinchi tinchlik sammiti uchun hamma narsani tayyorlab qoʻydi. Barcha tematik konferentsiyalar oʻtkazildi, Tinchlik formulasi bandlari boʻyicha umumiy pozitsiyalar kelishildi. Ya'ni hozirda Ukraina kuchli diplomatik pozitsiyada, deyish mumkin, chunki unda hamma narsa tayyor”, dedi Tixiy.

Spiker mazkur sammit samarali boʻlishi uchun kuchli tayyorgarlik zarurligini, avvalroq e'lon qilingan sanalar taxminiy ekanini ta'kidladi.

“Ukraina har doim hamma narsani imkon qadar tezroq bajarishga harakat qiladi. Bu bizning umumiy siyosatimiz. Ammo tinchlik sammitini koʻr-koʻrona oʻtkazib boʻlmaydi. Puxta tayyorgarlik kerak”, deya qoʻshimcha qildi Tixiy.

Birinchi global tinchlik sammiti joriy yilning iyun oyida Shveytsariyada boʻlib oʻtgan edi. Unda 90 dan ortiq davlat vakillari qatnashgan. Biroq sammitga Rossiya taklif etilmagani ma'lum boʻlgach, bir qancha davlatlar tadbirga quyi darajadagi delegatsiyalarni yuborgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?