12:43 / 29.12.2024
47

Kanadada ham yoʻlovchi samolyot muvaffaqiyatsiz qoʻnishni amalga oshirdi

Kanadada ham yoʻlovchi samolyot muvaffaqiyatsiz qoʻnishni amalga oshirdi
Kanadaning Halifaks shahri aeroporti yoʻlovchi samolyot bilan bogʻliq hodisa tufayli vaqtincha yopilgan. Xabar qilinishicha, gap PAL Airlines aviakompaniyasining Sent-Jonsdan uchib kelgan 2259 Air Canada Express reysi haqida ketmoqda.

«Barcha yoʻlovchilar va ekipaj a'zolari bortdan tushirilib, aerodromdan olib ketilgan», — deyiladi xabarda.

Hodisa mahalliy vaqt bilan 21:30 atrofida (Toshkent vaqtida 6:30) roʻy bergan, shundan keyin mazkur aeroport «ma'lum vaqtga yopiq turgan», taxminan ikki soat oʻtib uchish-qoʻnish yoʻlaklaridan biri faoliyatini tiklagan.

CBC News xabariga koʻra, samolyot uchish-qoʻnish yoʻlagida sirpanib ketgan va uning bir qismi yona boshlagan. Yoʻlovchilardan biri Nikki Valentayn telekanalga qoʻnish chogʻida shassi gʻildiraklaridan biri ishlamay qolganini aytgan. «Samolyot 20 daraja burchak ostida chapga ogʻa boshladi va qoʻnganda biz qattiq ovozni eshitdik, bu zarba ovoziga oʻxshardi, ovoz samolyot qanoti asfalt boʻylab sirpanishni boshlagan vaqtda chiqdi, men esa uni dvigatel ovozi deb taxmin qilgandim», — degan ayol.

Valentaynning soʻzlariga koʻra, shundan keyin samolyot «qattiq silkingan» va chap tomonda yongʻin chiqqan. Salondan olingan kadrlarda chap qanot yonayotgani koʻringan.

Air Canada vakili Piter Fittspatrik La Presse uchun izohida samolyotda qoʻnishdan keyin «shassi bilan bogʻliq muammo» yuzaga kelgan. Uning aniqlik kiritishicha, bortda 73 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Evakuatsiyadan keyin yoʻlovchilar va ekipaj a'zolari angarga olib oʻtilgan, bu erda ularni tibbiyot xodimlari koʻrikdan oʻtkazgan. Yangi Shotlandiya viloyati Qirolllik otliq politsiyasi ma'lumotiga koʻra, bir necha kishida engil jarohatlar qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo