
2024 yilda Er aholisining soni oʻtgan yilga nisbatan qariyb 82 million kishiga koʻpaydi. Bu haqda Germaniyaning Jahon aholisi jamgʻarmasiga (Deutsche Stiftung Weltbev lkerung, DSW) tayanib, “TASS” xabar berdi.
Tashkilotning hisob-kitoblariga koʻra, 2025 yil 1 yanvarga qadar dunyoda 8,156 milliard kishi yashaydi. Germaniya aholisi bir yil ichida avvalgi darajada qolmoqda va taxminan 84 million kishini tashkil etgan. Aholining koʻpayishi Afrikada kuzatilgan. Ekspertlar yaqin yigirma yil ichida ushbu qit'ada yashovchi odamlar soni ikki baravar koʻpayishini taxmin qilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitoblariga koʻra, 2037 yilda sayyoramiz aholisi birinchi marta 9 milliarddan oshishi mumkin. Dunyo aholisining oʻsishi davom etayotgan boʻlsa-da, oʻsish sur'ati sezilarli darajada sekinlashgan. Hozirgi global tugʻilish darajasi har bir ayolga oʻrtacha 2,2 bolani tashkil qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Qozogʻiston aholisi 2024 yil 1 may holatiga koʻra, 20 million 118 ming 478 kishini tashkil etgandi. Qirgʻizistonda 2024 yil boshidan buyon aholi soni 91,7 ming kishiga yoki 1,3 foizga oshgan. Oktyabr oyidagi koʻrsatkich boʻyicha aholi 7 million 254 ming kishini tashkil etmoqda. Oʻzbekistonda esa 9 dekabr holatiga doimiy aholi soni 37 million 535 ming 605 kishini tashkil qilgan. Shulardan ayollar soni — 18,6 mln kishi; erkaklar soni esa 18,9 mln kishi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!