Yaponiyada «ruhiy maummolar» tufayli ta'tilga chiqayotgan oʻqituvchilar soni oshdi

1 daqiqa o'qish174
Yaponiyada «ruhiy maummolar» tufayli ta'tilga chiqayotgan oʻqituvchilar soni oshdi
Foto: Getty images
Yaponiyada 2023-2024 oʻquv yili davomida «ruhiy buzilishlar» tufayli ta'til olgan oʻqituvchilar soni 7119 nafargacha oshdi, deb xabar beradi Kyodo agentligi.

Qayd etilishicha, 2020 yildan 2023 yilga qadar har yili 5 ming nafar oʻqituvchi shu kabi sabablar bilan ta'til olgan. Ta'lim, madaniyat, sport, ilm-fan va texnologiyalar vazirligi 20 ta shahardagi ta'lim muassasalarida tadqiqotlar oʻtkazgan hamda uning natijasida Yaponiyadagi barcha oʻqituvchilarning 0,77 foizi «ruhiy buzilishlar» tufayli ta'tilga chiqqani aniqlangan.

Ularning aksariyati muammolar oʻquvchilar (26,5 foiz), hamkasblar (23,6 foiz) hamda ma'muriy ishlar (13,2 foiz) bilan bogʻliq ekanini ma'lum qilgan.

Bundan tashqari, oxirgi bir yilda ishdan boʻshagan 788 nafar oʻqituvchidan 260 nafari maktabdan ketishiga «ruhiy muammolar»ni asosiy sabab qilib koʻrsatgan.

Yaponiya Ta'lim vazirligi ushbu oʻrganishlar natijasi boʻyicha oʻqituvchilarning ruhiy salomatligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha choralar koʻrishga, jumladan, oʻqituvchilar sonini oshirish orqali ularning ish yuklamasini kamaytirishga va'da bergan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?