Foto: Getty Images
Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti tadqiqotchilari aqlli soatlar uchun yangi ilova ishlab chiqdi. U chekishga oid xatti-harakatlarni tanib olish va foydalanuvchiga oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlovchi xabarlar yuborish qobiliyatiga ega. Foydali dastur odamlarning oʻz odatlariga ongli yondashuvini ta'minlashga yordam berib, ularning chekishni tashlash imkoniyatini oshiradi.
Ilova aqlli soatning ichki harakat sensorlaridan foydalanib, chekish paytidagi qoʻlning oʻziga xos harakatlarini aniqlaydi. Soat bunday harakatlarni qayd etganda, ilova foydalanuvchiga sigaretadan voz kechishga undovchi xabarlar yuboradi.
Sinov tadqiqotida 18 nafar ishtirokchi ikki hafta davomida ilovadan foydalandi. Aqlli soatlar ishtirokchilarga oʻz odatlarini anglab etishga, ular haqida chuqurroq oʻylashga va chekishni tashlashga boʻlgan intilishlarini kuchaytirishga yordam berdi.
“Ilovaning asosiy xususiyati bu — shaxsiylashtirilgan yondashuv. Foydalanuvchilar aynan chekish istagi paydo boʻlgan vaqtda bildirishnoma oladi”, — dedi Bristol universiteti katta ilmiy xodimi Kristofer Stoun.
Dastur ishtirokchilarining uchdan ikki qismi ushbu ilovani foydali va qulay deb baholadi. Ilovani smartfonga ulash shart emas, aqlli soatning oʻzida toʻliq ishlaydi.
“Chekish saraton xavfining asosiy omili boʻlib qolmoqda va bu odatdan voz kechish salomatlik uchun eng yaxshi qadamdir. Smart-soatlar muhim resursga aylanishi mumkin, ammo ularning uzoq muddatli samaradorligini baholash uchun keyingi tadqiqotlar zarur”, — dedi Cancer Research UK vakili Alize Frogeld.
Frogeld chekishni tashlash uchun yordamchi dasturlarga murojaat qilish muhimligini alohida ta'kidladi. U bunday dasturlar bilan hamkorlik qilish chekishni tashlashda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishga yordam berishini aytdi.
Tadqiqot guruhi bunday yondashuvning samaradorligini tasdiqlash maqsadida keng qamrovli uzoq muddatli izlanishlar oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Ushbu tashabbus chekishning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish yoʻlidagi muhim qadam boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
2025 yil barcha muchal vakillariga nimalarni bashorat qilmoqda?
Jo Bayden Isroilga 8 milliard dollarlik qurol sotish niyatida ekani aytilmoqda
Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi mamlakat choyini ichishadi?
Kiyevda BMT rossiyaliklar qiynoqqa solingani haqidagi soʻzlar uchun tanqid qilindi
Tadqiqot: kuniga 9 soatdan koʻp uxlash insultga sabab boʻlishi mumkin
Xitoyning birinchi uchuvchi elektrokari namoyish etildi
Oilaviy tinchlikning siri nimada?
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma'lum qilindi