Amazon studiyasi Donald Trampning rafiqasi Melaniya haqida hujjatli film chiqaradi. Variety nashri yozishicha, kartina ham kinoteatrlarda, ham striming servislarida namoyish etiladi.
Suratga olish ishlari 2024 yil dekabr oyida boshlangan, premerasi esa 2025 yilning ikkinchi yarmiga moʻljallangan. Filmga Brett Ratner rejissyorlik qilmoqda.
Amazon vakili filmni Trampning uchinchi xotini va birinchi xonimga “misli koʻrilmagan nazar bilan sahna ortidan qarash” deb ta'rifladi. Melaniya loyihaning ijrochi prodyuserlaridan biriga aylandi.
Melaniya Tramp 54 yoshda, u fotomodel, qoʻl soatlari va zargarlik buyumlari dizayneri. U 2005 yilda Donald Tramp bilan oila qurgan, 2017 yil yanvaridan 2021 yil yanvarigacha AQShning birinchi xonimi boʻlgan.
Brett Ratner amerikalik rejissyor va kinoprodyuserdir. 2017 yilda Ratner jinsiy zoʻravonlikda ayblangach, Warner Bros. kompaniyasi u bilan hamkorlikni toʻxtatgan.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yil 5 noyabr kuni AQShda navbatdagi prezidentlik saylovlari oʻtkazildi. Unda respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp gʻalaba qozondi. Trampning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Shundan soʻng Melaniya Tramp yana AQSh birinchi xonimiga aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ertaga vodiy viloyatlarida qor va yomgʻir yogʻishi mumkin
Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi boʻlib oʻtdi (foto)
Bugundan boshlab Nyu-York markaziga kirish pulli boʻldi
“Boʻrilar” Husanovga asosiy tarkibdan joy kafolatladi, boshqalar “qimirlab” qoldi
Xitoyda tarqalayotgan virus Qozogʻistonda ham aniqlandi
Janubiy Koreyada sodir boʻlayotgan muammolarning asl sababi nima?
Donald Tramp Jo Baydenni Ukrainadagi mojaroda aybladi
Oʻzbekiston yoʻllarida quyosh panelli radarlar oʻrnatiladi (video)