Ozarboyjon prezidenti Armanistonni Janubiy Kavkaz uchun tahdid manbai deb atadi va uni qurollanish tufayli keskinlikni kuchaytirishda aybladi.
«Men aval ham Armaniston Ikkinchi Qorabogʻ urushi va aksilterror operatsiyasi natijalariga juda jiddiy yondashishi kerakligini aytgandim. Armanistonda kechayotgan qurollanish jarayoni, shubhasiz, Janubiy Kavkaz uchun yangi tahdid omilidir.
Lekin yana bir bor aytmoqchimanki, biz chetdan shunchaki kuzatuvchi boʻlib turolmaymiz. Men bu haqda Armaniston rahbariyatiga bir necha bor aytganman, bu yangi xavf tugʻdirishi mumkin. Shu bilan birga, bugun Armanistonning orqasida turib, uni, ehtimol, Ozarbayjonga qarshi yangi provokatsiyalarga undaydiganlar oxirigacha uning ortida turmasligi aniq. Xuddi ular 2020 yil va yoki undan keyingi vaziyatlardagi kabi», – deydi Ilhom Aliyev Azertag nashriga bergan intervyusida.
Ozarbayjon rahbari, shuningdek, Erevanni harbiy salohiyatni oshirishdan voz kechishga chaqirib, Zangezur yoʻlagining ochilishiga va Armaniston tinchlik shartnomasi boʻyicha Bokuning shartlarini qabul qilishiga umid qilishini bildirgan.
«Armanistonni qurollantirish shunchaki yangi keskinliklarga olib keladi. Biz buni xohlamaymiz, biz tinchlikni xohlaymiz.
Biroq, Armanistonning oʻzi ham, uning yangi homiylari ham buni istamasligini koʻryapmiz. Ular revanshistik gʻoyalar bilan yashaydi va Armaniston aslida mintaqa uchun tahdid manbai hisoblanadi. Mustaqil Armaniston davlati mohiyatan fashistik davlatdir. Chunki bu davlatni qariyb 30 yil davomida fashistik mafkura tashuvchilari boshqargan boʻlsa, ular bu davlatni oʻz qiyofasida shakllantirgan», – deydi Aliyev oʻz intervyusida Armanistonning Ozarbayjonga nisbatan 30 yillik ishgʻoli, Xoʻjayli qirgʻini, vayron boʻlgan Qorabogʻ haqida eslatib. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Evropa Trampning keskin bayonotlaridan xavotirga tushmoqda
Xitoy raisi nima uchun mashhur iqtisodchini jazolashni buyurdi?
Kurskka hujum koʻlami qanday va undan maqsad nima?
Rossiya Zaporojega havo zarbalari yoʻlladi: qurbonlar bor (foto, video)
Tramp garovga olinganlar 20 yanvargacha ozod qilinmasa, HAMASga “jahannam” va'da qildi
Italiyadagi qishloqlardan birining aholisiga kasal boʻlish taqiqlandi
Rossiya Trampning Kanada va Grenlandiya haqidagi bayonotlariga qanday munosabat bildirdi?
Misrda oʻquvchilar oʻqituvchi ayolni yoqib yubordi (video)