Britaniyalik shaxs bitkoynlar saqlangan diskni qidira olmaydi. Bunga sabab Uelsda yashovchi shaxsning shahar chiqindixonasida qidiruv oʻtkazish talabi bilan berilgan da'vosini Britaniya sudi rad etdi. U 2013 yilda chiqindixonaga tashlab yuborilgan, ichida 7,5 ming bitkoyn saqlangan qattiq diskini topmoqchi edi.
Uelsning Nyuport shahrida yashovchi Jeyms Xauellsning soʻzlariga koʻra, 2013 yilda uning qalligʻi tasodifan bitkoyn kalitlari saqlangan diskni axlatga tashlab yuborgan. Hozirgi kunlarda ushbu kriptovalyutalar qiymati 700 million AQSh dollaridan oshadi.
Xauells mahalliy hokimiyatdan qazuv ishlariga ruxsat berishni yoki shu summada kompensatsiya toʻlashni talab qilgan. Biroq sudya bu da'voning huquqiy asosi yoʻqligini ta'kidladi va rad etdi.
Nyuport hokimiyati vakillari qonunga koʻra, tashlangan disk chiqindixona egalariga oʻtganligini tushuntirishdi. Shuningdek, ular atrof-muhitni himoya qilish qoidalari chiqindixonada qazuv ishlarini taqiqlashini eslatishdi.
Xauells qazuv ishlari muvaffaqiyatli boʻlsa, bitkoynlarni sotishdan tushadigan daromadning 10 foizini mahalliy hokimiyatga oʻtkazib berishni taklif qildi, ammo advokatlar buni davlat xodimlarini qazuv ishlarini moliyalashtirishga undashga boʻlgan urinish deb atashdi.
Xauellsning aytishicha, u bitkoyn saqlangan disk joylashgan chiqindixonaning aniqroq hududini topa olgan: bu erda taxminan 100 ming tonna chiqindi mavjud. Butun chiqindixona esa 1,4 million tonnadan ortiq chiqindidan iborat.
Sud qaroriga Xauells shunday fikr bildirdi: «Bu qaror menda umuman imkoniyat qoldirmadi. Men Britaniyaning adolatsiz tizimi qurboniga aylandim». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi