Foto: Getty Images
Los-Anjeles politsiyasi «Kennet» deb nomlangan yongʻinda gumonlanuvchi aybdorni shahar tashqarisida qoʻlga oldi. Janubiy Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlari allaqachon 10 mingdan ortiq binoni vayron qilgan, qurbonlar soni esa 10 kishiga etgan.
Oʻt qoʻyishda gumonlanuvchi mahalliy aholi tomonidan qoʻlga olingan va keyinroq politsiyaga topshirilgan, dedi politsiya xodimi Charlz Dinsel. Jurnalist Eliks Mayklson soʻzlariga koʻra, u 30 yoshli uysiz odam boʻlib chiqdi. U Los-Anjeles shimoli-gʻarbida keng tarqalgan «Kennett» yongʻiniga sababchi sifatida koʻrilmoqda.
Shuningdek, hududda 20 nafar shaxs odamlar tark etgan uylarda talonchilik qilganlikda gumonlanib qoʻlga olingan. Talonchilik haqidagi xabarlar ortidan komendantlik soati e'lon qilindi.
AccuWeather meteorologiya xizmati ma'lumotlariga koʻra, shahar atrofidagi yongʻinlar 135 milliard dollardan 150 milliard dollargacha zarar keltirishi mumkin, bu esa ularni Qoʻshma Shtatlardagi eng qimmat oʻrmon yongʻinlariga aylantiradi.
Ikki yirik yongʻin, jumladan «Iton» (Los-Anjeles shimoli-gʻarbida) va Pasifik-Paliseydsdagi yongʻin (sharqda) allaqachon 10 mingdan ortiq binolarni va avtomobillarni yoʻq qildi, deb yozdi AP. 180 mingdan ortiq odam hududdan evakuatsiya qilingan.
Janubiy Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlari 7 yanvar kuni boshlandi. Sohil boʻylab kamida oltita yongʻin qayd etildi. Los-Anjelesning nufuzli Pasifik-Paliseyds hududi eng koʻp zarar koʻrdi. U erda turar-joy binolari, doʻkonlar va maktablar joylashgan butun kvartallar yonib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi