
2024 yilda AQShning tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari 182,7 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Milliy Atrof-muhit axboroti markazlari (NCEI) hisobotida ma'lum qilingan.
Aniqlik kiritilishicha, 2024 yilda AQShda kamida 1 milliard dollar zarar keltirgan 27 ta ob-havo va iqlim bilan bogʻliq ofat sodir boʻlgan. Bu ofatlar jami 568 kishining hayotiga zomin boʻlgan.

Foto: AFP
2024 yilda tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun sarflangan xarajatlar taxminan 182,7 milliard dollarni tashkil etdi. Hisobotga koʻra, 2024 yil tabiiy ofatlar rekord darajada zarar keltirgan yillar ichida 4-oʻrinni egalladi.
2017 yilda tabiiy ofatlar 395,9 milliard dollar, 2005 yilda 268,5 milliard dollar va 2022 yilda 183,6 milliard dollar zarar keltirgan.
2024 yilda AQSh boshidan kechirgan tabiiy ofatlar:
- ikkita qishki boʻron/sovuq toʻlqinlar (yanvar oyi oʻrtalarida AQShning shimoli-gʻarbiy va markaziy/janubiy qismida);
- oʻrmon yongʻinlari (Nyu-Meksikodagi Janubiy Fork yongʻini, koʻplab uylar, transport vositalari, korxonalar va boshqa infratuzilmalarni vayron qildi);
- qurgʻoqchilik va isish (AQShning janubiy, sharqiy va shimoli-gʻarbiy qismiga salbiy ta'sir qildi);
- suv toshqini (bir nechta shtatlarda iyun oyining oʻrtalarida Yuqori Oʻrta Gʻarbda suv toshqini);
- oltita tornado (AQShning markaziy va janubi-sharqida);
- beshta tropik tsiklon (Beril, Debbi, Fransin, Xelen va Milton) va 11 ta ekstremal ob-havo hodisalari.
Joriy yilning 7 yanvar kuni Los-Anjelesda boshlangan oʻrmon yongʻinlari 4-sutkadan beri oʻchirilgani yoʻq. Yongʻin oqibatida 10 ming gektardan ortiq maydondagi mingdan ortiq bino kulga aylandi. 1 milliondan ortiq odam elektrsiz qoldi.
Keltirilgan zarar allaqachon 60 mlrd AQSh dollariga etgani xabar qilinmoqda. Bu AQSh tarixidagi eng qimmat yongʻinga aylanishi mumkin.
Tabiiy OfatlarAQSh ZararIqlim O‘zgarishiOb-Havo HodisalariYong'inlar OqibatlariQurg‘oqchilik Ta'siri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing