Foto: AP Photo
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni harbiy yordam soʻrayotgani uchun tanqid qilib, uni “tilanchi” deb atadi. Bu haqda Fitso parlament qoʻmitasining yigʻilishida gapirdi. Yigʻilishda Ukraina orqali Rossiya gazining Slovakiyaga tranzitini toʻxtatishning oqibatlari muhokama qilingan.
Fitso Zelenskiyni ishonchsiz deb atab, bu vaziyatdan norozilik bildirdi:
“Men bu erga Zelenskiy bilan bir safda boʻlish uchun kelganim yoʻq. Bu mening jonimga tegdi. U Evropani kezib, tilanchilik qilib, shantaj orqali boshqalardan pul soʻraydi. Bu narsaga chek qoʻyish vaqti keldi,” dedi u.
Ukraina-Slovakiya munosabatlari yomonlashdi
Slovakiya bilan Ukraina oʻrtasidagi munosabatlar Kiyevning Rossiya gazi tranziti boʻyicha shartnomani uzaytirishdan bosh tortganidan keyin keskin yomonlashdi. 1 yanvar kuni gaz oqimi butunlay toʻxtadi.
Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini bundan soʻng Ukrainaga tashrif buyurish rejasidan voz kechganini e'lon qildi:
“Agar men u erga faqat suratga tushish uchun borishim kerak boʻlsa-yu, Slovakiyaga bir tomchi ham neft yoki gaz kelmasligi aytilsa, tashrifimning hojati yoʻq,” dedi u.
Slovakiyaning Kiyevga qarshi qoʻshimcha choralari
Robert Fitso Ukraina tomonining gaz tranzitini toʻxtatish boʻyicha qarorini “oʻta siyosiy” deb baholadi. U bu qaror nafaqat Slovakiya, balki butun Evropa Ittifoqiga zarar etkazadi, deb hisoblaydi. Javoban Fitso quyidagi choralarni amalga oshirish bilan tahdid qildi:
- Ukrainaga elektr energiyasi etkazib berishni toʻxtatish,
- ukrainalik qochqinlarga nafaqalarni qisqartirish,
- Ukrainaga Evropa Ittifoqiga a'zo boʻlish yoʻlida toʻsiq qoʻyish,
- Kiyevga insonparvarlik yordamini yubormaslik.
Bu harakatlar Kiyev va Bratislava oʻrtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)