Daniya hukumati AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga Grenlandiyani sotib olish oʻrniga orolda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, jumladan, Vashingtonning harbiy faolligini oshirish xususida taklif yoʻlladi.
Axios nashri xabariga koʻra, Daniya hukumati shu orqali AQSh bilan muqarrar siyosiy ziddiyatning oldini olish, Trampning diqqat-e'tiborini boshqa oʻzanga burishga urinmoqda.
Gap shundaki, Tramp 2024 yil 23 dekabr kuni AQShning Grenlandiya ustidan nazorat oʻrnatishi “oʻta muhim” ekani haqida bayonot berdi. 56 ming aholiga ega Grenlandiya Daniyaga tegishli muxtor oʻlka sanaladi. Hudud mudofaasi ham Daniya gardanida.
Bu bayonot Daniya hamda Grenlandiya rasmiylari tomonidan tanqidiy qabul qilindi. Xususan, rasmiy Kopengagen Grenlandiya sotilmasligini ma'lum qildi.
Grenlandiyaning mustaqillik tarafdori boʻlgan rahbariyati esa «Biz na daniyalik, na amerikalik boʻlishni istaymiz. Biz grenlandiyalik boʻlib qolamiz» degan mazmunda bayonot berdi.
2025 yil 8 yanvar kuni Tramp yana shu masalaga qaytib, Grenlandiya va Panama kanali ustidan nazorat oʻrnatish uchun harbiy kuch ishlatilishini istisno etmadi.
Dunyodagi eng yirik orol sanalgan Grenlandiya Rossiya va Xitoy bilan raqobat nuqtai nazaridan AQSh xavfsizligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni choqda, ushbu orolga egalik qiluvchi Daniya Qoʻshma Shtatlarning NATO doirasidagi ittifoqchisi sanaladi.
AQSh 1950-yillardan buyon Grenlandiyada harbiy bazaga egalik qilib keladi. Hozir bu erda 200 nafarga yaqin amerikalik harbiy xizmat qilmoqda. Ularning asosiy vazifalaridan biri – ballistik raketalar uchirilganini aniqlovchi tizimni boshqarish.
Grenlandiya oltin, olmos, uran va boshqa nodir ma'danlarga boyligi bilan ham qiziqish uygʻotib kelgan.
Trampning Grenlandiya borasidagi bayonotlari ortidan Daniya oʻz gerbini oʻzgartirdi.
Orol mudofaasi uchun xarajatlarni ham oshirdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa Trampning Grenlandiya haqidagi bayonotlaridan soʻng Evropa davlatlarini uygʻonishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Hind kinosi qiroli Shohrux Xon hozirgi kunda qanday koʻrinishda?
Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga etib bordi
Dunyo imperializm davri ostonasidami?
Qatar Gʻazo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan(mi?)
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?