11:00 / 16.01.2025
286

Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar soni 10 nafarga etdi

Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar soni 10 nafarga etdi
Foto: DHA
Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 10 nafarga etganini ma'lum qildi.

15 yanvar kuni Bosh konsulxonaga 4 nafar fuqaroning (barchasi erkak kishi) soxta spirtli ichimlik iste'mol qilish natijasida vafot etgani boʻyicha murojaatlar kelib tushgan. 14 yanvar kuni 6 nafar fuqaro vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Bosh konsulxona diplomatlari ushbu holat yuzasidan Istanbul sogʻliqni saqlash, sud-tibbiy ekspertiza boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi. Shuningdek, konsulxona telefon raqamlari orqali kelib tushayotgan savollarga javob berilmoqda.

Bosh konsulxona barcha fuqarolarni spirtli ichimliklardan tiyilishga va ehtiyotkorlikka chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo