20:06 / 17.01.2025
151

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Pokiston sudi mamlakat sobiq bosh vaziri Imron Xonni korruptsiya ishida aybdor deb topib, uni 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Hukm 2023 yil avgustdan beri sobiq bosh vazir saqlanib kelinayotgan Ravalpindi shahridagi garnizon qamoqxonasining antikorruptsiya sudi tomonidan chiqarilgan.

Shuningdek, Imron Xonning rafiqasi Bushra Bibi ham etti yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. U Adila qamoqxonasida hukm oʻqilganidan keyin hibsga olingan. Er-xotin 2018 yilda pora sifatida er olganlikda va Al-Qadir Trust xayriya fondini boshqarish davomida noqonuniy daromad orttirganlikda aybdor deb topilgan. Reuters ma'lumotlariga koʻra, juftlik oʻz aybiga iqror boʻlmagan.

Imron Xon Pokiston hukumatini 2018 yildan 2022 yilgacha boshqargan. 2022 yil aprel oyida ishonchsizlik votumi oqibatida u hokimiyatdan chetlatilgan. Tahlilchilarga koʻra, bu unga bosh vazirlik kursisini egallashga yordam bergan generallarning qoʻllovini yoʻqotgani uchun sodir boʻlgan.

2024 yil yanvar oyida Imron Xon davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblanib, yana 10 yil qamoq jazosini olgan. Bir kun oʻtgach, sud uni va rafiqasi Bushrani korruptsiyada ayblab, yana 14 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi.

Dekabr oyida Pokiston harbiy sudi Imron Xonning oʻtgan yili harbiy ob'ektlarga uyushtirilgan hujumlarga aloqador 25 nafar tarafdoriga hukm chiqardi. Xonning tarafdorlari ikki yildan 10 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo