08:13 / 18.01.2025
56

Germaniya kansleri Ilon Maskni Evropaning demokratik taraqqiyotiga tahdid deb atadi

Germaniya kansleri Ilon Maskni Evropaning demokratik taraqqiyotiga tahdid deb atadi
Foto: Getty Images
Germaniya kansleri Olaf Shols milliarder Ilon Maskning Evropadagi ayrim siyosiy kuchlarni qoʻllab-quvvatlashini «qabul qilib boʻlmasligini» ta'kidlab, uni demokratik taraqqiyot uchun tahdid deb atadi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

«U Evropadagi, Buyuk Britaniya, Germaniya hamda boshqa koʻplab davlatlardagi oʻta oʻnglarni qoʻllab-quvvatladi va buni mutlaqo qabul qilib boʻlmaydi», — deydi Shols.

9 yanvar kuni Ilon Mask X ijtimoiy tarmogʻida oʻng populistik «Germaniya uchun muqobil» (GuM) partiyasi etakchisi Alis Vaydel bilan toʻgʻridan-toʻgʻri efir oʻtkazgandi. Shundan keyin bundestag 23 fevral kuni boʻlib oʻtadigan parlament saylovlariga aralashish ehtimoli yuzasidan tekshiruv boshladi. Dekabr oxirlarida biznesmen «faqat GuM Germaniyani qutqarib qola oladi», deb yozgandi.

«Biz global olamning boshqa davlatidan boʻlgan milliarder oʻz fikrini aytgani uchun emas, balki u nimalar deyayotgani uchun tandiq qilishimiz kerak», — degan Germaniya kansleri.

Shuningdek, u Maskning pozitsiyasi Evropaning demokratik taraqqiyoti uchun tahdid tugʻdirishini bildirgan.

Avvalroq Germaniya Mudofaa vazirligi X ijtimoiy tarmogʻidagi oʻzining rasmiy akkaunti faoliyatini toʻxtatishini e'lon qilgandi. Idora akkauntlari faoliyati toʻxtatilishiga X ijtimoiy tarmogʻi egasi Ilon Mask nemis hukumati vakillariga qarshi koʻplab haqoratli chiqishlarni amalga oshirayotgani sabab sodir boʻlmoqda. Xususan, biznesmen Germaniya kansleri Olaf Sholsni «nokompetent ahmoq» deb atab, u iste'foga chiqishi kerakligini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo