10:30 / 20.01.2025
646

Qozon shahriga Ukraina dronlari hujum qildi

Qozon shahriga Ukraina dronlari hujum qildi
Foto: radio1.ru
20 yanvar, dushanbaga o‘tar kechasi Qozon shahriga Ukraina uchuvchisiz uchoqlari hujum qildi, deb xabar bermoqda Telegram-kanallari va OAV.

© RIA Novosti
VCHK-OGPU, Mash va boshqa kanallardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash, dastlabki xabarlarga qaraganda, Gorbunov nomidagi Qozon aviatsiya zavodi hududida sodir bo‘lgan. Shu bilan birga, mahalliy aholi shaharning Aviastroitelniy, Moskovskiy, Kirovskiy va Novo-Savinskiy rayonlarida bir nechta portlash ovozini eshitgan.

Foto: Telegram / vchkogpu
Shu fonda Tatariston poytaxti aeroporti reyslarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatdi. Rosaviatsiya vakili Artem Korenyako o‘zining Telegram-kanalida bunday choralar «fuqarolik samolyotlarining parvozlari xavfsizligini ta’minlash uchun» joriy etilganini yozdi.

Mash'ning ta’kidlashicha, zarba, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Lyutiy» rusumli uchuvchisiz uchoq tomonidan amalga oshirilgan. Xabar yozilayotgan vaqtda qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo