14:52 / 23.01.2025
171

AQShdagi maktabda oʻsmir otishma uyushtirdi (video)

AQShdagi maktabda oʻsmir otishma uyushtirdi (video)
Foto: Associated Press
AQShning Tennesi shtati Neshvill shahridagi maktabda oʻsmir yigit otishma uyushtirdi. Hujum oqibatida oʻquvchi qiz halok boʻldi, yana bir oʻquvchi yaralandi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 17 yoshli yigit Antiox oʻrta maktabi oshxonasida 16 yoshli qizga qarata bir necha marotaba oʻq uzgan. Keyinchalik u oʻz joniga qasd qilgan. Politsiya hujum uyushtirgan oʻsmir Solomon Henderson ekanini aniqlagan.

Foto: Solomon Henderson / X
Otishmada jabrlangan oʻquvchi yigit qoʻlidan jarohat olgan va davolanib, qoʻyib yuborilgan. Yana bir yigit esa yuzidan jarohat olgan, ammo unga oʻq tegmagan. Ular toʻgʻridan toʻgʻri yoki tasodifan Henderson tomonidan nishonga olingani noma'lum.

“Shu paytgacha oʻtkazilgan tergov Henderson va otishma qurbonlari oʻrtasida biror aloqa borligi aniqlamadi. Ehtimol, ular oshxonada uning tasodifiy nishoniga aylangan”, deyiladi Neshvill politsiyasi bayonotida.

Bu AQShdagi maktabda 2025 yilda kuzatilgan ilk otishma hisoblanadi

2024 yilgi soʻnggi otishma 17 dekabr kuni Viskonsin shtati Medison shahridagi maktabda yuz bergandi. Oʻshanda 15 yoshli qiz otishma uyushtirishi tufayli bir nafar oʻquvchi, oʻqituvchi va qizning oʻzi halok boʻlgan. U oʻziga ham oʻq uzgan va olgan jarohati oqibatida kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Jarohatlanganlar soni 6 kishini tashkil etgan.

AQShda soʻnggi yillarda huquqni muhofaza qilish organlari maktabda oʻq otgan bolalarning ota-onalariga qarshi ayblov qoʻymoqda. Misol uchun:

2021 yil noyabr oyida Itan Michigan shtatidagi oʻrta maktabda otishma uyushtirgani sababli ota-onasi 10 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan.

Jorjiya shtatidagi Apalachee oʻrta maktabida ommaviy otishma uyushtirgan 14 yoshli Kolt Greyning otasiga joriy yilning boshida 29 ta ayb qoʻyilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo