HAMAS 25 yanvar kuni ozod qilishni rejalashtirayotgan garovga olingan toʻrt nafar ayol roʻyxatini e'lon qildi.
Times of Israel xabariga koʻra, roʻyxatda faqat Isroil harbiy xizmatchilarining ism-sharifi koʻrsatilgan, vaholanki, oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga koʻra, avvaliga ayollar, keyin harbiylar, keyin keksalar va ulardan keyin kasal deb topilganlar ozod etilishi kerak. Nashrning qayd qilishicha, bu kelishuvning jiddiy buzilishi hisoblanadi va Isroil rasmiylari bu borada maslahatlashmoqda.
Foto: AP
Shu bilan birga, ozod qilinadigan isroillik askarlar evaziga yana koʻplab falastinliklar ozod etilishi kelishilgan. Biroq, sabab, almashtirish uchun soʻralgan ayollar hozir tirik boʻlmasligi mumkin. Isroil rasmiylari ommaviy axborot vositalaridan garovga olinganlarning oilalari xabardor qilinmaguncha, ularning ismini oshkor qilmaslikni soʻragan.
19 yanvar kuni birinchi marta 4 nafar garovga olingan ayol ozod qilingan edi. Ular 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga hujum paytida HAMAS jangarilari tomonidan asirga olingan yoki uylaridan oʻgʻirlab ketilgan.
Bunga javoban Isroil 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. Ayirboshlash sulh bitimining birinchi bosqichining bir qismi edi.
HAMAS 94 isroillikni garovda ushlab turgani aytiladi. Guruh yana 30 nafar isroillikni, Isroil esa kelishuv doirasida yana 1900 ga yaqin falastinlik mahbusni, jumladan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlarni ozod qilishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar