Ukraina hech qachon NATO a'zosi boʻlmaydi va Evropa Ittifoqiga qoʻshilishda katta muammolarga duch keladi. Bu haqda Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso mahalliy radioda ma'lum qildi.
Fitso, Volodimir Zelenskiyni taslim boʻlishdan voz kechib, qurolli qarshilik yoʻlini tanlagani uchun tanqid qildi.
«Urush 2022 yil aprelda, tinchlik kelishuvi muhokama qilingan paytda tugashi mumkin edi. Ammo Gʻarb Ukraina bu kelishuvni imzolashiga toʻsqinlik qildi», dedi Slovakiya bosh vaziri.
Uning ta'kidlashicha, Ukraina urush sababli ogʻir va halokatli istiqbollarga duch kelmoqda.
«Ukraina hududining uchdan bir qismi Rossiya nazorati ostida boʻladi, Ukraina hech qachon NATO a'zosi boʻlmaydi. Va yaqinda koʻplab siyosatchilarning fikrlarini tinglar ekanman, Ukraina Evropa Ittifoqiga qoʻshilishda ham katta muammolarga duch kelishini tushunib etdim», dedi u.
Shu bilan birga, Fitso Evropa Ittifoqini kengaytirish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlashini, shuningdek, ma'lum shartlarni bajargan har bir davlat, jumladan Ukraina ham, Evropa Ittifoqining bir qismi boʻlish huquqiga ega ekanligini ta'kidladi.
2022 yil bahorida olib borilgan «tinchlik shartnomasi» muzokaralari aslida Ukrainani taslim boʻlishga undagan edi. Xususan, Rossiya Ukraina Qurolli Kuchlarini sezilarli darajada qisqartirishni talab qilgan. Shuningdek, Rossiya Ukraina uchun neytral maqom belgilash va Gʻarbning Ukrainaga koʻrsatayotgan yordamini cheklash huquqiga ega boʻlishni istagan. Qrim va Donbass esa butunlay Rossiya tasarrufiga oʻtishi kerak edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar