Kolorado universiteti tibbiyot instituti tadqiqotchilari koʻrish qobiliyatini tiklashga yordam beruvchi LL-341070 preparatini ishlab chiqdi. Bu haqda Medical Express'ga iqtibos keltirgan holda Daryo xabar berdi.
Preparat tarqoq skleroz, jarohatlar yoki nevrologik kasalliklardan soʻng koʻrish qobiliyatini yoʻqotganlarga yordam berishi kutilmoqda. U asab tolalarining himoya qobigʻi boʻlgan miyelinning tiklanishini tezlashtiradi, shu bilan birga miyaning tabiiy tiklanish jarayonini jarrohliksiz ragʻbatlantiradi.
Foto: Depositphotos
Sichqonlar ustida oʻtkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangan. Agar AQSh Sogʻliqni saqlash vazirligi ruxsat bersa, insonlar ustidagi sinovlar 2025 yilning oʻzida boshlanishi mumkin.
“Miyelin miya faoliyatida muhim ahamiyatga ega ekanini koʻp yillardan buyon bilamiz. Ushbu tadqiqot kortikal (qobigʻ) miyelinning koʻrish qobiliyatidagi rolini alohida ta'kidlaydi. Dori vositasi oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin, chunki u miyaning tabiiy tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi”, deydi tadqiqotning birinchi rahbari, professor Daniel Denman.
Tadqiqotchilar dori vositasini miyaning boshqa qismlarida sinab koʻrishni va davolash usulini takomillashtirish orqali uni yanada samaraliroq hamda vaqti kelib bemorlar uchun qulayroq qilishni rejalashtirmoqda.
“Ushbu tadqiqot bizni miya oʻz-oʻzini davolash qobiliyatiga ega boʻlgan dunyoga yaqinlashtiradi.Undan foydalangan holda, odamlarga koʻrish qobiliyati va kognitiv funktsiyasini tiklash imkoniyatini taqdim etadi. Bu kashfiyot shunchaki boshlanish. Biz LL-341070 va shunga oʻxshash davolash usullari kelajakda miyaning umumiy faoliyatini va hayot sifatini yaxshilash orqali bemorlarga haqiqiy, sezilarli naf keltirishi mumkinligiga umid qilamiz”, deya xulosa qildi tadqiqot rahbarlaridan Ethan Hughes. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar