Zebo Raximova va Umid Eshonqulov “O‘z kasbining fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi (video)

1 daqiqa o'qish183
Zebo Raximova va Umid Eshonqulov “O‘z kasbining fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi (video)

Aktrisa va bloger Zebo Raximova hamda uning hamkasbi Umid Eshonqulov “O‘z kasbining fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular san’at sohasidagi bir qator ijodkorlar qatorida ushbu e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Zebo Raximova bu haqdagi quvonchli xabarni o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. Aktrisa marosimdan video ulashib, unga samimiy izoh qoldirgan.

“Bugun Umid aka ikkalamizni “O‘z kasbining fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashdi. Bunday bebaho e’tirof uchun davlatimizga va albatta, qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga kattakon rahmat. Shunday ustoz san’atkorlar qatorida e’tirof etilayotganimizdan boshim osmonga yetdi. Yaxshi ko‘raman sizlarni”, — deb yozgan Zebo Raximova.

Aktrisaning ushbu xabarini kuzatuvchilari ham iliq kutib oldi. Ular Zebo Raximova va Umid Eshonqulovni mukofot bilan tabriklab, ijodiy faoliyatlariga muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?