
Soʻnggi yillarda Polsha mehnat bozori koʻplab sohalarda malakali ishchi kuchi etishmasligi muammosiga duch kelmoqda.
Polyaklar bu muammoni Markaziy Osiyo, xususan, oʻzbekistonlik ishchilar bilan hal qilmoqchi. Dziennik Wschodni jurnalida qayd etilishicha, Polsha ish beruvchilari oʻzbeklarni mehnatsevar, oʻz kasbini yaxshi koʻradigan va intizomli, boshqa mutaxassisliklarni egallashga intiluvchan, deb biladi.
Dastlab, qurilish, ishlab chiqarish, logistika, mebel ishlab chiqarish sohasida fuqarolarni ishga jalb qilish rejalashtirilgan.
Nega aynan oʻzbekistonlilklar?
Jurnalda qayd etilishicha, Markaziy Osiyo, ayniqsa, Oʻzbekiston xorijda yaxshi mehnat sharoitlarini qidirayotgan malakali ishchilarning koʻpligi bilan ajralib turadi. Ilgari ishlash uchun Rossiyaga borgan oʻzbekistonliklar endilikda inson huquqlari tamoyillari va ishchilar huquqlari rioya etiladigan Evropada ishlash istagini bildirmoqda. Polsha kompaniyalari buni inobatga olgan holda nafaqat mehnat bozoriga jalb etish mumkin boʻlgan ishchilar borligi, balki ularning malakasini ham qadrlab, ushbu salohiyatdan koʻproq foydalanmoqchi.
Shu maqsadda Worksol kabi Polsha bandlik agentliklari Polsha mehnat bozorida oʻsib borayotgan talabni qondirish uchun Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlaridan ishchilarni yoʻllash uchun keng imkoniyatlarni izlay boshladi. Worksol kompaniyasi Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ham ochdi. U Namangan viloyatida joylashgan boʻlib, kompaniyaning Oʻzbekistondagi rasmiy Telegram kanali orqali aniq manzili va bogʻlanish uchun telefon raqamlarini olish mumkin.
Umuman, xorijda ishlash niyatida boʻlganlar Migratsiya agentligining 1282 qisqa yoki 71 202-33-55, 71 200-00-61 telefon raqami orqali bogʻlanib, ma'lumot olishi mumkin.

Foto: Dziennik Wschodni
Oʻzbekiston fuqarolarining aksariyati ona tilidan tashqari rus tilida ham gaplashadi, bu esa polshalik ish beruvchilar bilan muloqotni osonlashtiradi. Chunki Polshaning koʻplab korxonalariga ukrainlar, belaruslar, moldovanlar ham ishga jalb etilgani uchun rus tilida soʻzlashuvchi koordinatorlar bor.
Ma'lumotlarga koʻra, hozirgi vaqtda Polshada 20 mingdan koʻproq oʻzbekistonlik bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar