15:52 / 01.02.2025
122

Trampning maxsus vakili: "Ukrainadagi urushni bir necha oy ichida toʻxtatish mumkin"

Trampning maxsus vakili: "Ukrainadagi urushni bir necha oy ichida toʻxtatish mumkin"
AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina boʻyicha maxsus vakili Kit Kellogning aytishicha, davlat rahbari mojaroga barham berish uchun ham ruslarga, ham ukrainaliklarga bosim oʻtkazish niyatida. Uning fikricha, bir necha oy ichida sulhga erishish mumkin.

"Agar biz bu urushni toʻxtata olsak, bu butun dunyoga, jumladan, Qoʻshma Shtatlarga ham foyda keltiradi. Oʻt ochishni toʻxtatish va doimiy tinchlikka erishish bir necha oy ichida roʻy berishi mumkin", dedi Kellog Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Jurnalistlar maxsus vakildan Donald Tramp ma'muriyati Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar joriy qiladimi, deb soʻradi. Kellog bu mavzu boʻyicha javob berishga vakolati yoʻqligini aytdi.

Avvalroq Donald Tramp jurnalistlarga AQSh allaqachon Rossiya hamda Ukraina bilan mojaroga barham berish masalasini muhokama qilayotganini aytgandi. U yaqin orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan jiddiy masalada gaplashib olmoqchiligini ham ma'lum qilgan.

Donald Tramp Ukraina boʻyicha vakili Kit Kellogga urushni 100 kunda tugatishni topshirgani xabar qilingandi.

Kellogning oʻzi ham Trampning inauguratsiyasidan oldinroq Fox News telekanali efirida Ukrainadagi harbiy mojaroni 100 kun ichida hal qilish uchun echim topishni xohlashini aytgandi. Biroq oʻsha paytlardayoq ekspertlar bunday intilishni noreal deb atashgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo