Foto: Videodan kadr
Daniyaning “Qattiq kurs” partiyasi etakchisi Rasmus Paludan 1 fevral kuni muqaddas Qur'oni Karim nusxasini yana yoqib yubordi. Bu haqda u oʻzining X (sobiq Twitter) sahifasida ma'lum qildi.
“Soat 12:38 da Turkiyaning Kopengagendagi elchixonasi oldida Qur'on yondirildi”, deb yozgan u. Videoda esa yonayotgan kitob aks etgan.
Bu Rasmusning Qur'onni yoqib yuborishiga oid birinchi holat emas. U 2023 yil yanvar oyida Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida Qur'onni yoqib yuborgandi, bir necha kundan soʻng Daniyadagi masjid eshigi oldida ham shunday qilgan.
Oʻshanda nafaqat mahalliy hokimiyat ruxsati bilan, balki politsiya nazorati ostida ham oʻtkazilgan har ikki harakat musulmon mamlakatlarida oʻta salbiy munosabatga sabab boʻlgan. Turkiya hatto Shvetsiyaning NATOga a'zo boʻlish haqidagi arizasini bloklash bilan tahdid qilgan. Biroq keyinroq Shvetsiya politsiyasi Stokgolmdagi bosh masjid yaqinida Qurbon hayitining birinchi kunida Qur'onni yoqib yuborishga ruxsat bergan.
Mazkur harakatlardan soʻng Daniya parlamenti diniy matnlarni yoqishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgan. Bunday harakatlar uchun ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi.
Qur'onni yoqqan iroqlik erkak oʻldirib ketildi
29 yanvar kuni Shvetsiyaning Syodertele shahrida 2023 yilda Qur'onni bir necha bor yoqqani ortidan tanilgan iroqlik Salvan Momika otib ketildi. Erkak TikTok'da jonli efir olib borayotgan paytda hujumga uchragan. Holat yuzasidan 5 kishi hibsga olingan.
Salvan Momika 2018 yilda Iroqdan Shvetsiyaga kelgan, 2021 yilda uch yillik yashash ruxsatnomasini olgan. 2024 yil yozida uning vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi bir yilga uzaytirilgan. Shvetsiya prokuraturasi Momikaga “nafrat qoʻzgʻatish” moddasi boʻyicha ayblov qoʻygan.
U 2023 yil yozida Stokgolmning toʻrt joyida Qur'onni yoqib yuborish bilan bogʻliq toʻrtta holat boʻyicha ayblangan. Iroq Shvetsiyadan Qur'onni yoqib yuborgan fuqarosini topshirishni talab qilgan. Qur'on yoqilgani aks etgan kadrlar jinoiy qilmishlar dalili hisoblanadi. 30 yanvar kuni sud Momikaga qarshi hukm chiqarishi kerak edi. Ammo “oʻlim tasdiqlangani” tufayli sud hukmini e'lon qilish kechiktirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar