Suriya muvaqqat prezidenti Saudiya Arabistoniga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirdi

2 daqiqa o'qish561
Suriya muvaqqat prezidenti Saudiya Arabistoniga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirdi
2 fevral kuni Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara oʻzining ilk xorijiy safari doirasida Saudiya Arabistoniga bordi. Associated Press agentligining xabar berishicha, bu tashrif Damashqning oʻz ittifoqchilarini qayta shakllantirayotganidan dalolat beradi. Xususan, Suriya Erondan uzoqlashib, Saudiya Arabistoniga yaqinlashayotgan koʻrinishda.

Ash-Shara tashrif chogʻida tashqi ishlar vaziri Asad al-Shayboniy bilan birga Saudiyaga yoʻl oldi. Saudiya aeroportida uni mamlakat bayrogʻi bilan birga Suriyaning yangi uch yulduzli bayrogʻi ham qarshi olgani agentlik tomonidan qayd etilgan.

Muhammad bin Salmon bilan uchrashuv

Ash-Shara Saudiya valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan Ar-Riyoddagi "Al-Yamama" saroyida muzokaralar oʻtkazdi. Saudiya matbuoti ushbu tashrifni "Suriyaning xavfsizligi va barqarorligini qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi qadam" deb baholadi. Saudiya Arabistoni rasmiy agentligi ma'lum qilishicha, shahzoda ash-Sharani prezidentlik lavozimini egallagani bilan tabriklab, Suriya xalqi uchun barqarorlik va taraqqiyot tilagan. Ash-Shara esa Saudiya hukumatiga koʻrsatilgan qoʻllab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildirgan.
Suriya muvaqqat prezidenti Saudiya Arabistoniga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirdi
Uchrashuvda Suriyaning kelajagi, mamlakatda iqtisodiy vaziyatni yaxshilash va uning hududiy yaxlitligini saqlash masalalari muhokama qilingan.

Suriyaning siyosiy yoʻnalishidagi oʻzgarishlar

2011 yilda Saudiya Arabistoni Bashar Asadga qarshi isyonchilarni qoʻllab-quvvatlagan asosiy davlatlardan biri edi. Biroq, Asad Rossiya va Eron yordami bilan hokimiyatni saqlab qolgandi. Ash-Sharaning hokimiyatga kelishi esa Suriyaning xalqaro pozitsiyasida oʻzgarishlarga yoʻl ochmoqda.

Yanvar oyida Saudiya tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farhon Damashqqa tashrif buyurib, Suriyaga qarshi sanktsiyalarni bekor qilish boʻyicha muloqotlar olib borilayotganini ma'lum qilgan edi. Ash-Shara esa xalqaro sanktsiyalarni bekor qilish uchun diplomatik sa'y-harakatlarni kuchaytirmoqda.

Tashrifdan avval u Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashib, Suriya masalasida Qatarning qoʻllab-quvvatlashi muhim ekanligini ta'kidlagan edi.

Manzara oʻzgarmoqda

The Guardian nashri ushbu tashrif mintaqaviy ittifoqlar tarkibida katta oʻzgarishlar sodir boʻlayotganidan dalolat berishini qayd etgan. Shu bilan birga, Saudiya 2023 yilda Suriyani qaytadan Arab Ligasiga qabul qilgan edi. Bu esa Saudiyaning Ash-Sharaning asosiy ittifoqchilari boʻlgan Qatar va Turkiyadan farqli yondashuvga ega ekanligini koʻrsatmoqda.

Hozirgi vaqtda Suriya hali ham turli jangarilar tahdidi ostida. Manbij shahrida sodir boʻlgan portlashlar tinch aholini halokatga olib kelayotgani vaziyatning jiddiyligini koʻrsatadi. Ash-Shara Saudiya Arabistoni bilan yaqin hamkorlik orqali Suriyani tinchlik va barqarorlik sari olib borishni maqsad qilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?