Tamaki chekmaydigan odamlar orasida oʻpka saratoni holatlari ortib bormoqda

1 daqiqa o'qish2.3K
Tamaki chekmaydigan odamlar orasida oʻpka saratoni holatlari ortib bormoqda
Dunyo boʻylab tamaki chekmaydigan kishilar orasida oʻpka saratoni bilan kasallanish holatlari oshib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri havo ifloslanishi va ekologik vaziyatning yomonlashuvi boʻlishi mumkin, deb yozadi *The Guardian*.

Xalqaro saratonni oʻrganish agentligi (IARC) ma'lumotlariga koʻra, oʻpka saratoni onkologik kasalliklar orasida beshinchi eng keng tarqalgan oʻlim sababi hisoblanadi. 2022 yilda dunyo boʻylab 2,5 million odamda ushbu xastalik aniqlangan. Eng koʻp kasallanish holatlari Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, ayniqsa Xitoyda kuzatilgan.

Olimlar qayd etishicha, chekmaydigan odamlarda oʻpka saratoni koʻpincha adenokartsinoma shaklida namoyon boʻladi. 2022 yilda bu kasallik erkaklarda oʻpka saratoni holatlarining 45,6 foizini, ayollarda esa 59,7 foizini tashkil etgan. 2020 yilda ushbu koʻrsatkichlar mos ravishda 39,0 va 57,1 foiz edi.

Oxirgi oʻn yilliklarda adenokartsinoma oʻpka saratonining eng keng tarqalgan kichik turiga aylandi. 2022 yilda 200 mingdan ortiq adenokartsinoma holati aniqlanib, ular asosan havo ifloslanishi bilan bogʻliq boʻlgan. IARC ma'lumotlariga koʻra, chekmaydigan shaxslarda oʻpka saratoni holatlarining 70 foizini aynan shu tur tashkil etadi.

Shuningdek, ayollar orasida ham oʻpka saratoni koʻrsatkichlari ortib borayotgani kuzatilmoqda. 2022 yilda dunyo boʻyicha 900 ming ayolda ushbu xastalik qayd etilgan. *The Guardian* ma'lumotiga koʻra, 2023 yilda Buyuk Britaniyada oʻpka saratoniga chalingan ayollar soni birinchi marta erkaklarnikidan oshib ketgan.

2024 yil avgust oyida Londonda oʻpka saratoniga qarshi yangi vaktsinaning klinik sinovlari boshlangan. Germaniyaning *BioNTech* biotexnologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bu vaktsina immun tizimini saraton hujayralariga qarshi kurashishga ragʻbatlantiradi. London kolleji universiteti klinikasida oʻtkazilgan sinovlarda vaktsina saraton hujayralarini sogʻlom toʻqimalarga zarar yetkazmasdan yoʻq qilishga qaratilgan. Bu yondashuv an'anaviy kimyoterapiyaga nisbatan xavfsizroq boʻlib, bemorlar uchun samaraliroq davo usuli boʻlishi mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?