date
views 396

Fransiya Ukrainaga ilk «Mirage 2000» qiruvchi samolyotini yetkazib berdi

Fransiya Ukrainaga ilk «Mirage 2000» qiruvchi samolyotini yetkazib berdi
Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu Ukrainaga birinchi «Mirage 2000» qiruvchi samolyoti yetkazilganini ma'lum qildi. Bu samolyotni Fransiyada bir necha oy tayyorgarlikdan oʻtgan ukrainalik uchuvchilar boshqaradi.

Yangilangan «Mirage 2000»

Samolyot modernizatsiya qilingan boʻlib, u zamonaviy uskunalar, yangi radioelektron urush tizimlari va «havo-er» raketalari bilan jihozlangan.

Makronning va'dasi va ta'minot hajmi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2024 yil iyun oyida Ukrainaga «Mirage 2000-5» qiruvchi samolyotlarini berishga tayyorligini aytgan, biroq ularning aniq sonini oshkor qilmagan.

La Tribune nashri ma'lumotlariga koʻra, Fransiya ushbu samolyotlarni cheklangan miqdorda yetkazib beradi. Mamlakat koʻpi bilan olti qiruvchi ajratishi mumkin, chunki Fransiyaning mavjud 26 ta samolyotidan 20 tasi faol eskadron tarkibida. Ta'minot hajmini oshirish uchun boshqa davlatlarni jalb qilish rejalashtirilgan boʻlib, umumiy etkazib beriladigan samolyotlar soni 12 dan oshmasligi kutilmoqda.

Mutaxassis fikri

Ukrainalik harbiy ekspert Aleksandr Kovalenko The Insider nashriga bergan sharhida «Mirage 2000-5» samolyotlarini texnik xizmat koʻrsatish va ta'mirlash ma'lum murakkabliklar tugʻdirishi mumkinligini ta'kidladi. Ammo u uchish xususiyatlari boʻyicha Amerikaning F-16 hamda Ukrainaning Su-24 samolyotlaridan ustun ekanini qayd etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya Ukrainaga ilk «Mirage 2000» qiruvchi samolyotini yetkazib berdi