![Tramp shahzoda Garrining deportatsiyasi haqida nimalar dedi?](/uploads/posts/2025-02/3b53b1e503_photo_2025-02-09_20-57-40-17xk7ifx.webp)
Kollaj: “Daryo”
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdan Britaniya shahzodasi Garrini deportatsiya qilish ehtimoliga munosabat bildirdi. Bu haqda The New York Post xabariga tayanib Daryo ma'lum qilmoqda.
Garrining immigratsiya maqomi Vashingtondagi sud jarayonining mavzusi boʻlib, Heritage fondi uning ilgari taqiqlangan moddalarni iste'mol qilgani haqidagi ma'lumotlarni yashirgan boʻlishi mumkinligini ta'kidlamoqda. Bu esa AQSh vizasini olishga toʻsiq boʻlishi kerak edi. Biroq Tramp uni mamlakatdan chiqarib yuborishdan manfaatdor emasligini aytdi.
“Men bunday qilmoqchi emasman. Uni tinch qoʻyaman. Uning rafiqasi (Megan Markl) bilan muammolari shundoq ham etarli. Bu dahshatli”, degan prezident.
Tramp, shuningdek, Garrining akasi shahzoda Uilyamni maqtash imkoniyatidan foydalangan. U bilan dekabr oyida Parijda Notr-Dam soborining qayta ochilish marosimidagi yopiq kechada uchrashganini eslagan.
“Menimcha, Uilyam ajoyib yigit”, deya ta'kidlagan u.
Garri va uning amerikalik rafiqasi Megan Markl bir necha bor Trampni tanqid qilgan. Xususan, oʻz bayonotlaridan birida Markl prezidentni “jamiyatni boʻluvchi” va “ayollarga nafrat bilan qarovchi” deb atagan. Tramp bunga javoban Garrini rafiqasining “yoʻl-yoʻrigʻidan chiqmaydi” deb ta'riflagan.
“Nazarimda, bechora Garrini burnidan ip oʻtkazib, sudrab yurishibdi”, degan AQSh rahbari.
Heritage fondi dalil sifatida shahzodaning kokain, marixuana va psixodeliklarni iste'mol qilganini tan olgan avtobiografiyasidan foydalangan. 2024 yili fond AQSh ichki xavfsizlik departamentiga qarshi sudga murojaat qilib, uning viza hujjatlarini ochiqlashni talab qilgandi.
“AQShga kirish uchun ariza topshirgan har bir kishi oʻz soʻrovnomasida toʻgʻri boʻlishi kerak va shahzoda Garri bilan shunday boʻlgan-boʻlmagani noma'lum”, degan edi Heritage vakili Nil Gardner.
Tahlil markazining ta'kidlashicha, Garri 2020 yilda qirollik oilasidan chiqqanidan soʻng Kaliforniyaga koʻchib oʻtgach, sobiq prezident Jo Bayden ma'muriyati tomonidan alohida e'tiborga sazovor boʻlgan boʻlishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar