
Vodorod yonilg‘isida yuradigan poezdni kelasi yilning oxirlarida Germaniya temir yo‘llarida ko‘rish mumkin bo‘ladi. Loyiha bilan Alstom shirkati shug‘ullanmoqda.
Yonilg‘i elementi poezdning tomida joylashadi. Maxsus qurilma kislorod va vodorod reaksiyasi natijasida elektr chiqaradi. Samarasiz yonish jarayonlari tizim faoliyatida istisno etiladi. Energiyadan bu usulda foydalanish ekologik jihatdan muvofiq sanalib, atmosferaga zararli chiqindilar tashlanmaydi. Qolaversa, shovqinsiz ishlaydi.
Alstom, bundan tashqari, poezd yo‘nalishi bo‘ylab yonilg‘i to‘ldiruvchi qurilmalarni o‘rnatmoqchi. Ushbu texnologiyani yalpi ishlab chiqarib, amaliyotga joriy etish rejalashtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar