21:55 / 14.02.2025
365

Finlyandiya TIV Trampga Ukrainada tinchlik oʻrnatishga shoshilmaslikka chaqirdi

Finlyandiya TIV Trampga Ukrainada tinchlik oʻrnatishga shoshilmaslikka chaqirdi
Foto: AP
Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosi boʻyicha Rossiya bilan shartnoma tuzishga shoshilmasligi kerakligini aytdi.

Uning soʻzlariga koʻra, inqirozni hal qilish nafaqat Kiyevga, balki barcha Evropa davlatlari xavfsizligiga ham tegishli. Shu sababli Evropa AQShni “tezkor kelishuv” emas, balki “mustahkam tinchlik” tuzish zarurligiga ishontirishi kerak.

"Bu masala boʻyicha hozir AQShdagi hamkorlarimiz bilan ochiq gaplashish har qachongidan ham muhim. Tramp va uning jamoasi Rossiya bilan muzokaralar nafaqat Ukrainaga, balki butun Evropa xavfsizligiga ham tegishli ekanligini tushunishlari kerak. Tezkor kelishuv boʻlishi mumkin emas, faqat bir necha yilga moʻljallangan uzoq jarayon, uning yakunida esa barqaror tinchlik oʻrnatiladi", dedi u Germaniyaning RND nashriga.

Valtonenning fikricha, Rossiyani tashqi bosim yordamida muzokaralar stoliga oʻtirishga majburlash kerak. U, shuningdek, tinchlikni saqlash uchun “Evropa kuch koʻrsatishni oʻrganishi kerak”ligini qoʻshimcha qildi.

Finlyandiyalik vazir, shuningdek, mojaro tugaganidan keyin ham Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni saqlab qolish kerakligini eslatib oʻtdi.

Putin va Tramp Pasxa bayrami yoki 9 maygacha Ukraina boʻyicha kelishuvga erishishi mumkin

Financial Times nashri Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin 20 aprelga toʻgʻri keladigan Pasxa bayrami yoki 9 mayga qadar Ukrainadagi urushni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Foto: “Sputnik”
“Putin shunday muhim kunlardan birida kelishuvga erishishni xohlaydi”, deya ukrainalik amaldorning soʻzlaridan iqtibos keltiradi nashr.

Putinga yaqin manbalarga koʻra, prezidentning asosiy maqsadi Rossiyaga Evropadagi ta'sir doirasiga oʻxshash mavqeni ta'minlaydigan yangi xavfsizlik tizimini yaratishdir. Bu xuddi Ikkinchi jahon urushi oxirida Yalta konferentsiyasi Sovet ittifoqiga bergan imkoniyatlarga oʻxshash boʻlishi kutilmoqda.

"Hozirgi vaziyat Putin uchun uch yillik urushning boshqa har qanday davridagidan ham qulay koʻrinmoqda", deb ta'kidlaydi Berlindagi Karnegi Evrosiyo markazi direktori Aleksandr Gabuyev.

U AQSh Ukrainani harbiy va diplomatik jihatdan qoʻllab-quvvatlashni, razvedka ma'lumotlari almashishni toʻxtatsa, Kiyev juda ogʻir ahvolga tushishi ta'kidladi.

Bu Evropa davlatlari yanada koʻproq aralashsa ham, inqirozdan chiqishni kafolatlamaydi, dedi u.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo