
Foto: Tehran Times
Livan Tehrondan xavfsizlik nuqtai nazaridan Eron aviakompaniyalarining Bayrutga reyslarini toʻxtatishni soʻradi, deb xabar beradi Tehran Times.
«Eron va Livan aviaregulyatorlari oʻrtasidagi yozishmalarda livanliklarning xavfsizlik nuqtai nazaridan 18 fevralga qadar Bayrutga aviareyslarni toʻxtatishni soʻragan keltirilgan. Shuningdek, mamlakatdagi barcha xalqaro reyslar bekor qilingan», — deydi Eron Fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti rahbari Husayn Purfarzaneh.
Uning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda Bayrut aeroportidagi vaziyat murakkab va keskin, ammo Eron tomoni uni kuzatib bormoqda hamda 18 fevralgacha barchasi joyiga tushishiga umid qilyapti.
14 fevral kuni «Hizbulloh» faollari Livan hukumatining Eronga tegishli Mahan Air aviakompaniyasi samolyotini qabul qilmaslik toʻgʻrisidagi qaroridan keyin Bayrut xalqaro aeroportiga eltuvchi yoʻlni toʻsib qoʻydi. Shanba kuniga oʻtar kechasi bir guruh namoyishchilar BMT tinchlikparvar kuchlari qoʻmondoni oʻrinbosariga hamrohlik qilayotgan soqchilarga hujum qilib, ularga tegishli mashinalardan birini yoqib yubordi.
15 fevral kuni Livan prezidenti Jozef Aunning talabi bilan kuch tuzilmalari vakillari hujumga aloqador 26 kishini qoʻlga oldi. Armiya namoyishchilar tomonidan toʻsib qoʻyilgan barcha yoʻllarni ochib yubordi. Davlat rahbari vaziyatni beqarorlashtiradigan bu kabi harakatlar takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslikka va'da berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar