date
views 407

Tramp ma'muriyati Pasxagacha Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatishga erishmoqchi

Tramp ma'muriyati Pasxagacha Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatishga erishmoqchi
AQSh prezidenti ma'muriyati yevropalik amaldorlarga Pasxagacha (20 aprel) Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatishga erishish rejalashtirilayotganini ma'lum qildi, deb yozadi Bloomberg.

Gʻarb amaldorlari keyingi hafta Saudiya Arabistonida AQSh va Rossiya vakillari muzokaralarga tayyorgalikni boshlagan taqdirda ham yuqoridagi muddatda oʻt ochishni toʻxtatishga erishishni «juda ambitsiyali va noreal», deb baholamoqda. Agentlik manbalaridan birining aytishicha, Rossiya—Ukraina urushini yakunlash ehtimoli koʻproq boʻlgan muddat — bu yil oxiri hisoblanadi.

Avvalroq «Strana.uaa» urushni 100 kun ichida yakunlash rejasini e'lon qilgandi — unda Pasxa kunlarida oʻt ochishni toʻxtatish, Ukraina qurolli kuchlarini Kursk oblastidan olib chiqish hamda 9 maygacha tinchlik deklaratsiyasi tuzilishi koʻrsatilgan. Ukraina prezidenti ofisi esa materialni «rossiyaliklar tarqatadigan safsata» deb atagan.

Yaqinlashib kelayotgan muzokaralar fonida Evropa davlatlariga Ukrainaga yirik harbiy yordam paketi ustida ish bolib bormoqda. Bloombergʼga koʻra, qoʻllab-quvvatlov boʻyicha aniq rejalar 2025 yil 23 fevralga qadar — Germaniyada navbatdan tashqari parlament saylovlari tugamagungacha e'lon qilinmaydi.

Donald Tramp 12 fevral kuni Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilib, Rossiya—Ukraina urushini toʻxtatish toʻgʻrisidagi muzokaralarni boshlashga kelishib olganini e'lon qildi. Zelenskiy bir necha bor Ukraina ishtirokisiz hech qanaqa tinchlik muzokaralarni boʻlmasligini ta'kidlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp ma'muriyati Pasxagacha Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatishga erishmoqchi