12:09 / 18.02.2025
2 229

Zelenskiy prezidentlikdan qachon ketishini aytdi

Zelenskiy prezidentlikdan qachon ketishini aytdi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻz lavozimini ushlab turmasligiga va urush tugab, Ukraina xavfsizligi ta'minlanganida uni tark etishga tayyorligini aytdi. Bu haqda u Germaniyaning ARD telekanalidagi Mayshberger tok-shousida ma'lum qildi, deb yozmoqda Daryo nashri.

“Men har qanday narsaga tayyorman, haqiqatan har narsaga. Uzoq va barqaror tinchlik uchun. Inson sifatida, fuqaro sifatida, ota sifatida. Men hech narsaga yopishib olmayman. Men Ukraina prezidentiman, chunki menga 73 foiz odam ovoz bergan va bugun men Ukraina prezidentiman, chunki meni mamlakatimdagi koʻpchilik qoʻllab-quvvatlamoqda”, dedi u.

Zelenskiy tinchlik shartnomasini imzolash uchun “faqat Zelenskiy ishtirokisiz” talabi qoʻyilsa, lavozimini tark etishga tayyormi, degan savolga shunday javob berdi. Siyosatchining ta'kidlashicha, Rossiya undan urush boshidagidek jismonan emas, balki siyosiy yoʻl bilan qutulmoqchi.

“Buni tushunsa boʻladi. Men Putin uchun juda noqulay odamman”, dedi Ukraina rahbari. Zelenskiy “urush paytida prezident qilishi lozim boʻlgan ishni” bajarayotganini qayd etdi.

AQSh Ukrainada prezidentlik va parlament saylovlarini 2025 yil oxirigacha oʻtkazishni xohlamoqda, ayniqsa tinchlik kelishuviga erishilsa. Ukrainada navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yil 31 mart kuni oʻtkazilishi kerak edi. Mamlakatdagi harbiy holat tufayli ular oʻtkazilmadi. Ukraina Konstitutsiyasi harbiy holat paytida prezidentlik saylovlarini oʻtkazishni toʻgʻridan toʻgʻri taqiqlamaydi. Biroq bunday taqiq “Harbiy holatning huquqiy rejimi toʻgʻrisida”gi qonun darajasida belgilangan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha bor muzokaralar “qonuniyligini yoʻqotgan” Ukraina davlat rahbari bilan oʻtkazilmasligini da'vo qilgandi. Chunki Putinning fikricha, Zelenskiy “noqonuniyligi tufayli hech narsa imzolashga haqli emas”.

AQSh saylov oʻtkazishga chaqirdi, Ukraina javob qaytardi

AQSh maxsus vakili Kit Kelloggan Ukrainada 2025 yil oxirigacha parlament va prezidentlik saylovlarini oʻtkazishga chaqirgandi. Ukraina prezidentining kommunikatsiyalar boʻyicha maslahatchisi Dmitriy Litvin buni rad etdi. U bu yoʻl bilan Putinni qoʻrqitib boʻlmasligini ta'kidladi.

Rejasi faqat oʻt ochishni toʻxtatish va saylov boʻlsa, bu muvaffaqiyatsiz reja — Putinni faqat shu ikki narsa bilan qoʻrqitib boʻlmaydi, dedi u.

Litvinning soʻzlariga koʻra, Moskva “raketa va oʻq-dorilar ishlab chiqarishni koʻpaytirishda, sanktsiyalarni chetlab oʻtishning yangi usullarini topishda va neftdan pul ishlashda davom etmoqda.

Shubhasiz, bu qurollarning barchasi demokratik qoʻshnilarni hurmat qilish uchun yaratilmagan. Rossiyaning Shimoliy Koreya bilan harbiy ittifoqi oʻt ochishni toʻxtatishni hurmat qilishi bilan bogʻliq emas. Shuning uchun biz, albatta, asosiy hamkorlarning rasmiy vakillari tomonidan chuqurroq yondashuvni koʻrishni afzal koʻramiz, dedi Zelenskiyni maslahatchisi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo