
Foto: Getty Images
Irlandiyadagi offshor orollardan birida tashlandiq koʻchmas mulk sotib olgan chet ellikka 84 ming yevrogacha mablagʻ beriladi. Bu 2023 yil iyulda ishga tushirilgan “Tashlandiq koʻchmas mulkni qayta tiklash granti” dasturi doirasida taqdim etiladi. Bu haqda This is Money nashriga tayanib Daryo xabar berdi.
Irlandiyada uy-joy
Hukumat dasturi orollarda aholi sonini koʻpaytirish, uy-joylarni tiklash, infratuzilmani yaxshilash, sogʻliqni saqlash va ta'lim sohasidagi asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Katta miqdordagi grantlar faqat 2007 yildan oldin foydalanishga topshirilgan uylarni sotib olishga tayyor boʻlganlarga beriladi. Bundan tashqari, koʻchmas mulk kamida ikki yil davomida boʻsh turgan boʻlishi shart.
Grant doirasida jami 23 ta aholi yashaydigan offshor orolni koʻrib chiqish mumkin. 2016 yilda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish ma'lumotlariga koʻra, bu orollarda jami 2734 kishi istiqomat qilgan.
Ta'mirlash
Yangi uy egalari boʻsh uylarni ta'mirlash uchun 60 ming yevrogacha yoki koʻchmas mulk ob'ekti butunlay qarovsiz boʻlsa, 84 ming yevrogacha mablagʻ olishi mumkin.
Grant miqdori mahalliy hokimiyat tomonidan tasdiqlangan ishlar koʻlamiga bogʻliq boʻlib, hisob-faktura va kvitansiya kabi hujjatlar asosida toʻlanadi. Shundan soʻng, uy-joyni ijaraga berish yoki toʻlov olingan kundan boshlab kamida 10 yil davomida xorijlik u erda yashashi mumkin boʻladi.
Maksimal 84 ming yevro miqdorida grant olishni xohlovchilar uchun bunday uylarni Irlandiya mahalliy boshqaruv organlari tomonidan tuzilgan tashlandiq ob'ektlar roʻyxatidan topish mumkin.
♦ Agar dastur ishtirokchisi uy-joyni sotishga qaror qilsa yoki uni qarovsiz qoldirib ketsa, ehtimol, mahalliy hokimiyatga grantning toʻliq summasini yoki uning bir qismini qaytarishi kerak boʻladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar