06:00 / 22.02.2025
769

Kelloggning Zelenskiy bilan uchrashgandan keyin birinchi bayonoti

Kelloggning Zelenskiy bilan uchrashgandan keyin birinchi bayonoti
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina va Rossiya boʻyicha maxsus vakili Kit Kellogg Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan soʻng ilk bayonotini berdi. U kunni mamlakat oliy rahbariyati bilan muloqotda oʻtkazganini ta'kidladi.

«Ukraina oliy rahbariyati bilan uzoq va toʻlaqonli muloqot kuni. Urushdagi mamlakatning jasoratli rahbari Vladimir Zelenskiy va milliy xavfsizlikni ta'minlagan iste'dodli jamoasi bilan keng va ijobiy muhokamalar boʻldi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Kelloggning soʻzlari Zelenskiyning Kiyevda u bilan uchrashgandan keyingi birinchi bayonotiga javob boʻldi. Ukraina prezidenti soʻzlariga koʻra, Trampning maxsus vakili bilan uchrashuv mamlakat AQSh bilan hamkorlikni davom ettirishiga «umidni tikladi».

«General Kellogg bilan biz frontdagi vaziyatni, Rossiyada saqlanayotgan barcha harbiy asirlarimizni ozod qilish zarurligini va aniq, ishonchli xavfsizlik kafolatlari tizimi zarurligini muhokama qildik - bu urush hech qachon qaytmasligini va Rossiya endi odamlarni hayotdan mahrum etmasligini ta'minlaydi», dedi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.

19 fevral kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina va Rossiya boʻyicha maxsus vakili Kit Kellogg Kiyevga tashrif buyurib, prezident Zelenskiy bilan uchrashdi. Tomonlar muloqot yakuniga koʻra matbuot anjumanida ishtirok etishi lozim edi. Biroq tadbir noma'lum sabablarga koʻra oʻtkazilmadi.

Avvalroq Ukraina prezidenti AQSh maxsus vakili Kellogg Kiyevga tashrifi chogʻida Ukraina fuqarolari va harbiy xizmatchilari bilan urushni tugatish masalasida Vashingtonning toʻgʻri pozitsiyasini aniqlashi kerakligi haqida ma'lum qilgandi. Zelenskiy soʻzlariga koʻra, Kelloggning oʻzi Kiyev va boshqa shaharlarni kezib, xalq bilan shaxsan muloqot qilishi muhim.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo