21:40 / 22.02.2025
697

Dmitriy Medvedev Ukraina oldida ikkita chiqish yoʻli borligini aytdi

Dmitriy Medvedev Ukraina oldida ikkita chiqish yoʻli borligini aytdi
Foto: “Edinaya Rossiya
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainani “amerikaliklar oyogʻiga yiqilish”, mamlakatda prezidentlik saylovlari oʻtkazish va taslim boʻlishga tayyorlanishga chaqirdi, deb yozadi Daryo nashri.

Medvedevning soʻzlariga koʻra, bu AQSh prezidenti Donald Tramp hokimiyatga kelganidan keyingi Ukraina uchun chiqish yoʻllardan biridir. U Ukraina prezidenti “Trampni oʻzining hiyla-nayranglari bilan bezdirib qoʻygan”ini da'vo qildi.

"Ularning ikki yoʻli bor. Birinchisi: amerikaliklarning oyogʻiga yiqilish, zudlik bilan saylov e'lon qilish va urushning yoqimsiz yakuniga tayyorgarlik koʻrish. Mohiyatan — taslim boʻlish", dedi u.

Medvedev Ukraina rahbariyati tomonidan “allaqachon sinovdan oʻtgan” ikkinchi yoʻl “oʻzi bilan murosa qilib tinchlanish” ekanini ta'kidladi.

Tramp 3 fevral kuni Ukrainaga nodir metallar evaziga AQShdan yordam olishni taklif qildi. Bu guruhga 17 ta element: skandiy, ittriy, lantan va boshqalar kiradi. Keyinchalik u kelishuv hajmini 500 million dollarga baholab, nodir metallar va gazga ega boʻlish evaziga Vashington Ukrainaga har qanday ehtimoliy tinchlik kelishuvida xavfsizlik kafolatlarini berishini ta'kidladi. Oq uyning tushuntirishicha, AQSh Kiyevni qoʻllab-quvvatlash uchun sarflangan mablagʻlarni qoplash uchun Ukrainadan nodir metallarni olish niyatida.

Zelenskiyga koʻra, Ukraina oʻz resurslarini AQSh bilan bepul boʻlishmoqchi emas, biroq foydali qazilmalarni birgalikda oʻzlashtirish mumkin boʻlgan kelishuvga tayyor. U buni “amerikaliklar hammadan koʻp yordam bergani” bilan izohladi. Ammo Zelenskiy hujjatni imzolashdan bosh tortdi. AQSh Ukrainaga foydali qazilmalar boʻyicha bitimning yangi versiyasini topshirdi. Ukraina rahbari maslahatchilari prezidentdan uni imzolashni, Tramp bilan “yangi kelishmovchilikka bormaslik”ni tavsiya qilgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo