13:22 / 24.02.2025
243

AQSh va Rossiya yashirin kelishuvlar tuzmoqdami?

AQSh va Rossiya yashirin kelishuvlar tuzmoqdami?
Bu hafta Saudiyada rasman uchrashgan Vashington va Moskva, bundan avval ham yashirin muzokaralar oʻtkazgani haqida sizdirgilar chiqdi. Amerikaliklar urushni urush emas, “mojaro” deyishga oʻtdi. Tramp Zelenskiy haqida xuddi Rossiya propagandachisidek gapirmoqda. U nodir metallar boʻyicha Ukraina bilan kelishuv qilishga bel bogʻlagan. Oʻz navbatida, Evropa transatlantik munosabatlarning yangi davriga tayyorlanmoqda. Bu mavzular Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida muhokama qilindi.

— Tramp sabab bugun dunyo geosiyosatida keskin silkinishlar yuz beryapti. Hozirgi voqealarga qanday ta'rif berish mumkin?

Kamoliddin Rabbimov: Haqiqatan ham etti uxlab tushga kirmagan ishlar boʻlyapti. Ya'ni Donald Tramp hokimiyatga kelganidan keyin kutilmaganda Amerikaning an'anaviy ittifoqchilari muxolifi boʻlib qoldi. Amerikaning, kollektiv Gʻarbning muxolifi yoki dushmani, keyingi uch yoki toʻrt yilda "dushman", deb hujjatlarda koʻrsatilgan davlat Rossiya Federatsiyasi, bugun Donald Tramp ma'muriyati uchun eng yaqin hamkor, va kerak boʻlsa, doʻst sifatida koʻrilmoqda.

Saudiya Arabistonida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, Rossiya va Amerika muloqoti boshlandi. Bu birinchi raund edi, ikki davlat mulozimlari oʻrtasida keyingi uch yoki toʻrt yil ichida bunday yuqori darajadagi uchrashuvlar boʻlmagan edi. Bir qancha yuqori lavozimli amaldorlar, jumladan Rossiya tashqi ishlar vaziri va Amerikaning davlat kotibi uchrashdi. Uchrashuv natijalariga koʻra, Putin hech narsa bermasdan beshta narsani qoʻlga kiritdi.

Birinchisi, Ukraina NATOga a'zo boʻlmaydi. Myunxen konferentsiyasida Pentagon rahbari va vitse-prezident bu gapni aytgan edi. Bu Saudiyada ham tasdiqlandi. Undan tashqari, uning soʻzlariga koʻra, “Ukraina NATOga kirmaydi. Bosib olingan 2014 yilgi chegaralarga qaytishning iloji yoʻq. Amerika boʻlsa yoki vaziyat taqozo qilsa, Evropa Ittifoqidagi, Evropa kontinentidagi oʻzining harbiy bazalarini olib chiqib ketadi. Evropa oʻzining xavfsizligini oʻzi ta'minlashi kerak”, dedi.

Keyingi uch yilda Rossiyaga qoʻllangan sanktsiyalar ham echilishi mumkin, bu nafaqat Amerika bilan boʻlgan sanktsiyalar, balki Evropaga ham xuddi shunday bosimlar qilish ehtimoli bor. Ya'ni bu Putinning toʻliq gʻalabasi. Lekin bu gʻalabaning zamirida nima turibdi, bunga ekspertlar javob berolmaydi. Chunki Amerika dunyoning birinchi harbiy qudrati, iqtisodiy qudrati, siyosiy qudrati. Lekin Putinning qandaydir koʻrinmas bosim qilish imkoniyati yoki noma'lum narsa bormikin, bu tushunarsiz va gʻalati. Bunday syujetlarda odatda kuchli Hollivud kinolari ishlanadi. Ya'ni yoʻq joydan Amerika taslim boʻlyapti.

Tarixda shunday holatlar boʻlgan. Qudratli boʻlgan Amerika kelib, Rossiyaning toʻliq tarafiga oʻtyaptimi, taslim boʻlyaptimi? Bu bir qiziq holat kuzatilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo