
Foto: Blue Origin
Blue Origin kompaniyasi NS-30 missiyasi doirasida kosmosga oʻzining 10-turistik parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Qayd etilishicha, bu koʻp pogʻonali tezlashtirgich va yoʻlovchilar uchun moʻljallangan kapsuladan iborat New Shepard raketasining 30-marotaba uchirilishi hisoblanadi.
Bortida olti nafar ishtirokchi boʻlgan kapsula suborbital makonga 10-12 daqiqa amalga oshirgan qisqa parvozidan keyin erga muvaffaqiyatli qoʻngan. Parvoz davomida ishtirokchilar bir necha daqiqa vaznsizlik holatida boʻlgan va Erni kosmos fonida kuzatishgan.
Yoʻlovchilar orasida New Shepard’da ikkinchi parvozini amalga oshirgan tadbirkor Leyn Bess, teleboshlovchi Xesus Kalexa, fizik va tadbirkor Eleyn Chiya Xayd, reproduktiv endokrinolog Richard Skott va xej-fond hamkori Tushar Shah ham boʻlgan. Ekipajning oltinchi a'zo kim ekani noma'lum.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yil iyul oyida milliarder Jeff Bezos shaxsan Blue Origin kompaniyasining New Shepard raketasida koinotga uchgandi. Oʻshanda u bilan birga bortda uning akasi Mark, 82 yoshli uchuvchi Uolli Fank va 18 yoshli niderlandiyalik Oliver Demen boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar