11:44 / 14.03.2015
9 458

Nemsov o‘ldirilgan joy yaqinida Moskva daryosi tubidan ikkita to‘pponcha topildi

Nemsov o‘ldirilgan joy yaqinida Moskva daryosi tubidan ikkita to‘pponcha topildi

Boris Nemsov otib o‘ldirilgan Katta Moskvoresk ko‘prigi yaqinida Moskva daryosi tubidan ikkita to‘pponcha topildi, deb ushbu jinoyat yuzasidan olib borilayotgan tergov ishidan xabardor bo‘lgan manbaga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.

“Ballistik tekshirish birinchi to‘pponcha qotillikka aloqador emasligi aniqlandi, ikkinchi to‘pponcha bo‘yicha hozircha ekspert xulosasi tayyor emas”, deb aytdi manba.

Yaroslav viloyati dumasi deputati, “RPR-Parnas” raisdoshi Boris Nemsov 28 fevralda Moskva markazidagi Moskvoresk ko‘prigi yaqinida o‘ldirib ketilgan. Siyosatchiga yaqin masofadan to‘pponchadan olti marta o‘q uzilgan, ulardan to‘rttasi nishonga tekkan. Uning hamrohi ukrainalik Anna Duriskayaga hech narsa qilmagan.

8 mart kuni Moskvaning Basman tumani sudi Nemsovning qotilligida gumon qilingan besh kishi – Zaur Dadaev, Anzor Gubashev, Shagit Gubashev, Tamerlan Eskerxanov va Hamzat Baxaevni hibsga olishga sanksiya bergan. Aka-uka Gubashevlar va Dadaev Ingushetiyada 7 mart kuni, Eskerxanov va Baxaev 8 mart kuniga o‘tar kechasi Moskva viloyatining Odinsovo tumanida qo‘la olingan. Shuningdek, 7 mart kuni Grozniyda Lev Yashin ko‘chasida Dadaev bilan birga Nemsovning qotilligi rejasini tuzganlikda gumon qilingan Beslan Shavanov huquqni muhofaza qilish muassasalari tomonidan qurshab olingandan keyin, ularga qarata granata otmoqchi bo‘lganda o‘zi portlab ketgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nemsov o‘ldirilgan joy yaqinida Moskva daryosi tubidan ikkita to‘pponcha topildi