
AQSH yangi avlod qiruvchi samolyoti – F-47ni rasman namoyish qildi. Prezident Donald Tramp yangi havo kemasi "tarixdagi eng halokatli qiruvchi samolyot" bo‘lishini ma’lum qildi.
F-47: Yangi avlod havo texnikasi
F-47 Next Generation Air Dominance (NGAD) dasturi doirasida ishlab chiqilgan. U Lockheed Martin F-22 Raptor o‘rnini bosish uchun mo‘ljallangan. Yangi qiruvchi samolyot 2 Max (1450 km/soat) tezlikka erisha oladi va radarlardan yashiruvchi ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan.
Prezident Trampning ta’kidlashicha, samolyotning prototipi 5 yildan buyon yashirincha sinovdan o‘tkazilgan.
Boeing 20 milliard dollarlik shartnomani qo‘lga kiritdi
NGAD qiruvchi samolyotini ishlab chiqish uchun Boeing kompaniyasi 20 milliard dollarlik shartnomani qo‘lga kiritdi. Bu esa AQSH harbiy-sanoat kompleksidagi eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi.
F-47: Texnik ustunliklar va imkoniyatlar
F-47 samolyoti zamonaviy havo muhoribalarida mutlaq ustunlik uchun mo‘ljallangan. Uning asosiy afzalliklari:
- Radarlarga tushmaydigan yashirin dizayn;
- Yuqori tezlik – 2 Max (1450 km/soat);
- Ilg‘or sun’iy intellekt tizimi;
- Avtonom parvoz qilish qobiliyati;
- Eng so‘nggi texnologiyalarga asoslangan qurollar.
Yangi havo texnologiyalari davri
F-47 samolyotining yaratilishi AQSHning kelajakdagi havo ustunligi strategiyasida katta qadam hisoblanadi. U nafaqat mavjud qiruvchi samolyotlardan ustun, balki yangi avlod harbiy texnologiyalarining belgisi bo‘ladi.
F-47 NGAD dasturi orqali AQSH kelajak havo janglarida mutlaq ustunlikni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Prezident Trampning ta’kidlashicha, bu hozirgacha ishlab chiqilgan eng kuchli qiruvchi samolyot hisoblanadi.
Yangi texnologiyalar bilan jihozlangan F-47 yaqin yillarda AQSH harbiy-havo kuchlarining asosiy qiruvchi samolyotiga aylanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar