date
views 143

AQSH Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilishga ishonch bildirdi

AQSH Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilishga ishonch bildirdi
AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi. U bu haqda 18 aprel kuni Rimda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

«Biz bu shafqatsiz urushni tinch yo‘l bilan tugatish imkoniyati borligiga ishonamiz», – dedi Vens. Biroq u bu masalada aniq tafsilotlarni keltirmagan.

Avvalroq Parijda AQSH davlat kotibi Marko Rubio ham Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga tez orada erishish kerakligini ta’kidlagan edi.

«Biz bir necha kun ichida bu urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashimiz zarur. Agar bunday imkoniyat bo‘lsa, biz bu jarayonda ishtirok etamiz, agar yo‘q bo‘lsa, bizning boshqa muhim vazifalarimiz ham bor», – dedi Rubio.

Shuningdek, AQSH davlat kotibi AQSH so‘nggi uch yil mobaynida Ukrainaga yordam ko‘rsatib kelgani va bu urushning tezroq yakunlanishidan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

«Biz bu urush tugashini istaymiz, chunki bu bizning urushimiz emas», – dedi Rubio.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilishga ishonch bildirdi