
AQSH armiyasining Viskonsin shtatida joylashgan Fort-Makkoy harbiy bazasining birinchi ayol qo‘mondoni, polkovnik Sheyla Ramires lavozimidan ozod qilindi. Daily Beast nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu qaror prezident Donald Tramp va mudofaa vaziri Pit Xegsetning fotosuratlari bilan bog‘liq mojaro natijasida qabul qilingan.
Bir hafta avval Pentagonning maxsus tekshiruv guruhi Fort-Makkoy bazasida joylashgan stendda aks etgan suratlarni e’lon qilgan edi. Unda bazaning yuqori martabali amaldorlari, jumladan, prezident Tramp va mudofaa vaziri Xegsetning rasmlari ham bo‘lishi kerak edi. Biroq yuqori qatordagi bu fotosuratlar devor tomoniga o‘girib qo‘yilgan edi va bu harakat «vandalizm» sifatida baholangan.

AQSH mudofaa vazirligi bu holat yuzasidan tergov boshlanganini rasman ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, polkovnik Sheyla Ramires Fort-Makkoy bazasi qo‘mondonligiga 2024 yil iyul oyida tayinlangan edi. U bu lavozimga tayinlanishidan oldin Virjiniya shtatidagi Fort-Belvuar bazasida xizmat qilgan.
Qo‘mondonlik lavozimini egallagach, Ramires jamoatchilikka murojaatida: «Jamiyatdagi har bir sohada xilma-xillikni targ‘ib qilish va uni namoyon etish juda muhimdir», — deb ta’kidlagan edi.
Hozirda sodir bo‘lgan mojaro bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda va bu holat AQSH jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar