5 ming yillik mumiya: Peruda sirli ayol jasadi topildi

1 daqiqa o'qish1.5K
5 ming yillik mumiya: Peruda sirli ayol jasadi topildi
Peruda arxeologlar tomonidan noyob va muhim topilma aniqlandi: qadimiy Karal-Supe sivilizatsiyasiga oid bo‘lgan mumiyalashgan ayol jasadi topildi. Bu haqda mamlakat Madaniyat vazirligi xabar tarqatdi.

Mazkur mumiya taxminan 5 ming yil muqaddam yashagan, deb taxmin qilinmoqda. Mutaxassislarning aniqlashicha, yoshi 25-30 atrofida bo‘lgan ayol jasadi ancha yaxshi saqlangan holda topilgan. Hatto uning sochlari, tirnoqlari va terisi ham buzilmagan.

Qadimiy jasad mamlakat shimolida joylashgan Aspero arxeologiya hududida topildi. Bu yer Karal-Supe sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri bo‘lib, miloddan avvalgi 3000–1800 yillarda mavjud bo‘lgan.

Mumiyo bir nechta maxsus tayyorlangan matolarga o‘ralgan holda saqlangan. Jumladan, u paxta va qamishdan yasalgan bo‘yralar bilan o‘ralgan edi.

Arxeologlarning qayd etishicha, bu ayolning qabrida ko‘plab qimmatbaho buyumlar ham bor. Ular ichida qamishdan ishlangan savatlar, naqshinkor igna, Amazoniya dengiz chig‘anog‘i, turli xil rangli taqinchoqlar bilan bezatilgan qush tumshug‘i, junli mato, baliq ovlash uchun to‘r, taxminan 30 dona shirin kartoshka va to‘quvchilikda ishlatiladigan asbob-anjomlar aniqlandi.

Mumiyoning kiyim-kechaklari va qabrdan topilgan buyumlarni tahlil qilgan olimlar bu ayol o‘z davrida yuqori ijtimoiy maqomga ega bo‘lgan deb hisoblashmoqda. Avval ham Aspero hududidan to‘rtta shu kabi yuqori maqomga ega bo‘lgan inson qabri aniqlangan edi.

Mutaxassislarning fikricha, bu kabi topilmalar qadimgi Karal-Supe sivilizatsiyasining jamiyat sifatida shakllanganini va ularda ijtimoiy guruhlar bo‘linganligidan dalolatdir. Bu esa ushbu sivilizatsiya haqida ilmiy qarashlarni yanada boyitishga xizmat qiladi.

Siz nima deb o‘ylaysiz — bu kabi topilmalar insoniyat tarixi haqidagi qarashlarimizni qanchalik o‘zgartiradi?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?