Guichjouda tog‘ tizmasi ulkan quyosh stansiyasiga aylandi

1 daqiqa o'qish643
Guichjouda tog‘ tizmasi ulkan quyosh stansiyasiga aylandi
Xitoyning Guichjou provinsiyasida minglab quyosh panellari bilan qoplangan tog‘ tizmasi kashf etildi. Bu hudud endi ulkan quyosh elektr stansiyasiga aylangan, deb 4PDA xabar berdi.

Internetda tarqalgan dron videolarida tog‘lar ustida cheksiz qatorlarda yotgan quyosh panellari gorizont bilan uyg‘unlashib, futuristik manzarani yuzaga keltirgan.

Guichjou — murakkab relyef va o‘zgaruvchan iqlimga ega. Bu holat ilgari qishloq xo‘jaligini cheklab kelgan bo‘lsa-da, hozir bu hudud ekologik toza energetika uchun mos maydonga aylangan. Bu yerda ilk quyosh stansiyalari atigi 10 yildan kam vaqt oldin qurilgan.

2024 yil oxiriga kelib, Xitoy dunyodagi barcha quyosh va shamol elektr loyihalarining 64 foizini tashkil etdi. Hozirda mamlakatda umumiy 339 gigavatt quvvatli stansiyalar qurilmoqda. Taqqoslash uchun: AQSh, Braziliya, Buyuk Britaniya va Ispaniyada bu ko‘rsatkich 72 gigavattga teng.

Quyosh energiyasi quvvati 2018 yildagi 1,75 mln kVtdan 2023 yilda 15 mln kVtgacha oshdi. Shunga qaramay, Xitoyda hozirda 57% energiya ko‘mir hisobidan ishlab chiqariladi. Pekin 2060 yilga borib to‘liq karbon neytrallikka erishish niyatida.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?