AQSh 25 foizlik bojlarni Apple va Samsung’ga tatbiq qilmoqchi

1 daqiqa o'qish223
AQSh 25 foizlik bojlarni Apple va Samsung’ga tatbiq qilmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari Apple kompaniyasiga iPhone ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirmasa, unga 25% boj joriy etilishini bildirgan edi. Endilikda u bu nafaqat Apple, balki Samsung kabi boshqa kompaniyalarga ham tegishli bo‘lishini ochiqladi, deya xabar beradi 3DNews.

“Bu keng qamrovli bo‘ladi. Bu Samsung va o‘xshash barcha ishlab chiqaruvchilarga taalluqli bo‘ladi. Aks holda bu adolatsiz bo‘ladi,” — dedi Tramp Oq uyda intervyu chog‘ida.

Uning aytishicha, bojlar iyun oxirigacha rasmiylashtiriladi, biroq hozircha qo‘shimcha tafsilotlar berilmadi.

Apple va Samsung uchun bu jiddiy muammo, chunki ularning komponent yetkazib berish zanjirlari asosan Osiyoda joylashgan. AQShda hozircha bu darajadagi ishlab chiqarish infratuzilmasi yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bu bayonot ortidan Apple aksiyalari 3,9% ga tushdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?