Qozog'iston va Buyuk Britaniya harbiy hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishdi

1 daqiqa o'qish526
Qozog'iston va Buyuk Britaniya harbiy hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishdi
Qozog'iston va Buyuk Britaniya 2025–2026 yillar uchun harbiy hamkorlik rejasini imzoladi. Bu haqda Qozog'iston Mudofaa vazirligi ma'lum qildi, deb ura.news xabar berdi.

Hujjat Londonda imzolangan bo'lib, unda tinchlikparvarlik faoliyati, til o'rganish va qozog'istonlik harbiy xizmatchilarni Buyuk Britaniyaning oliy harbiy ta'lim muassasalarida o'qitish kabi sohalarda hamkorlik ko'zda tutilgan.

Bundan tashqari, tomonlar hamkorlikni kengaytirish istiqbollari va mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

2024 yil aprel oyida Qozog'iston va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari strategik sheriklik to'g'risidagi kelishuvni imzolagan edilar. Ushbu kelishuv doirasida London Markaziy Osiyodagi loyihalarni rivojlantirish uchun 50 million funt sterling (67,5 million dollar) ajratgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?