Rossiyada milliy messenjer yaratiladi

1 daqiqa o'qish549
Rossiyada milliy messenjer yaratiladi
Rossiya raqamli rivojlanish vaziri Maksut Shadayev yaqin orada mamlakatda milliy messenjer ishga tushirilishini ma’lum qildi, deb xabar berdi Rozetked.

Yangi messenjer nafaqat aloqa uchun, balki davlat xizmatlari, hukumat va idoralar bilan bog‘lanish, raqamli hujjatlarni saqlash va ko‘rsatish imkonini ham beradi.

Platforma ochiq arxitekturaga ega bo‘lib, u orqali shifoxonalar, ijaraga berish xizmatlari va oziq-ovqat yetkazib beruvchilar integratsiya qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda pasport kerak bo‘lmaydi. Asosiy avtorizatsiya usuli — telefon raqami orqali bo‘ladi. “Gosuslugi” orqali ro‘yxatdan o‘tish esa ixtiyoriy, faqat qo‘shimcha imkoniyatlar uchun.

Mazkur loyiha Rossiyaning o‘z WeChat’ini yaratishga urinayotganini ko‘rsatadi. WeChat — bu Xitoyda davlat va maishiy xizmatlarni bajarish uchun asosiy ilovalardan biridir.

Messenjer VK MAX asosida quriladimi yoki butunlay yangi dasturmi — aniq aytilmadi. Namoyish 2025-yil yoziga rejalashtirilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?